Uzum Market marketpleysida savdoni boshlash: bosqichma-bosqich yo‘riqnoma va mutaxassis fikri

Uzum Market Oʻzbekistonning yetakchi marketpleysi. U yerda mebel va yirik maishiy texnikadan tortib kiyim-kechak, poyabzal, oziq-ovqat mahsulotlari va turli mayda-chuyda tovarlargacha koʻplab turdagi mahsulotlar sotiladi. Biznes uchun bu qoʻshimcha savdo kanali, biroq ishni boshlashdan oldin puxta tayyorgarlik koʻrish kerak: roʻyxatdan oʻtish, hujjatlar, ishlash tartibi, komissiyalar, tovar kartochkalari va mahsulotlarni ilgari surish talablarini oʻrganish lozim.

Ushbu maqolada Uzum Marketʼda sotishni qanday boshlash mumkinligini koʻrib chiqamiz: kim sotuvchi boʻlishi mumkin, qanday hujjatlar kerak boʻladi, ishlash sxemasini qanday tanlash, tovar kartochkalarini qanday rasmiylashtirish va tovarlarni qanday targʻib qilish kerak.

Boshqa marketpleyslarda boʻlgani kabi, Uzum Marketʼda qoldiqlarni kuzatib borish, buyurtmalarni oʻz vaqtida qayta ishlash va foydani nazorat qilish muhim. Buning uchun МойСклад servisi yordam beradi: qoldiq va narxlarni avtomatik ravishda yangilang, yorliqlarni chop eting, barcha xarajatlarni hisobga olgan holda haqiqiy foydani koʻring, qaysi tovarni qachon xarid qilish kerakligini aniq bilish uchun zaxiralarni prognoz qiling.

МойСкладʼni bepul sinab koʻrish
  1. Uzum Market marketpleysi 2026-yilda
  2. Uzum Marketning yangi va tajribali sotuvchilar uchun afzalliklari
  3. Kamchiliklari, xatarlari va e’tibor berish kerak bo’lgan jihatlari
  4. Uzum Marketda savdo qilish uchun qaysi mahsulot va nishani tanlash kerak
  5. Eng istiqbolli tovarlar va toifalar
  6. Nimalarni sotish mumkin emas
  7. Uzum Market marketpleysi bilan hamkorlik shartlari
  8. Uzum Market fullfilment tartibi
  9. Tovarlar oʻlchamiga qoʻyiladigan cheklovlar
  10. Marketpleys komissiyasi
  11. Omborda saqlash uchun to‘lov
  12. Uzum Marketda ro‘yxatdan o‘tish va savdoni boshlash: bosqichma-bosqich yo‘riqnoma
  13. Tajribasiz foydalanuvchilarning ko‘p uchraydigan xatolari
  14. Uzum Marketʼda tez va xatosiz savdo qilish: savdoni avtomatlashtirish
  15. Manbalar roʻyxati
  16. Uzum Marketʼda savdo qilish boʻyicha koʻp beriladigan savollar

Ekspert

Roman Kim

O‘zbekiston sellerlar assotsiatsiyasi va klubining hamta’sischisi

Uzum Market marketpleysi 2026-yilda

2025‑yil yakunlariga koʻra, Uzum platformalarida 20 000 dan ortiq tadbirkor oʻz tovarlarini sotmoqda, Uzum Marketʼdagi mahalliy tovarlar assortimenti esa 1,3 milliondan ortiq SKUʼni tashkil qiladi. Kompaniya logistika infratuzilmasini ham rivojlantirishda davom etmoqda: buyurtmalarni topshirish punktlari tarmogʻi mamlakatning 450 dan ortiq aholi punktida 1 500 ta punktgacha kengaydi. Sellerlar uchun bu marketpleysdagi raqobat kuchayib borayotganini, shu bilan birga xaridorlar auditoriyasi va sotuv imkoniyatlari ham kengayayotganini anglatadi.

Uzum Market statistikasi aks etgan infografika: 20 000 dan ortiq tadbirkor, 1,3 milliondan ortiq SKU va 1 500 ta buyurtmalarni topshirish punkti

Uzum Marketning yangi va tajribali sotuvchilar uchun afzalliklari

  • Nisbatan past raqobat darajasi. Uzum Market 2022-yilda ishga tushirilgani bois, u yerda hali bemalol o‘z o‘rningizni egallash imkoniyati mavjud. Bu marketpleys yangi sotuvchilar uchun juda qulay.
  • Ro‘yxatdan o‘tish jarayonining soddaligi. Platforma do‘konni ro‘yxatdan o‘tkazish va sozlash uchun tushunarli va oson tizimni taqdim etadi.
  • Rivojlangan logistika tizimi tufayli buyurtmalarni tez yetkazib berish imkoniyati mavjud. Xaridlar mijozlarga bir kun ichida yetkazib beriladi.
  • Sotuvchilarni qo‘llab-quvvatlash va o‘qitish xizmati bor.

Kamchiliklari, xatarlari va e’tibor berish kerak bo’lgan jihatlari

Platformadagi sotuvchilar quyidagi kamchiliklarni qayd etishadi:

  • Tizim endigina qurilmoqda, shuning uchun nosozliklar paydo bo‘lishi mumkin, bu esa sellerlarga zarar yetkazadi.
  • Yordam xizmati ishi tizimlashtirilmagan. Ishning aniq standartlari yo‘q. Murojaatni unutishlari va fikr-mulohaza bildirmasliklari mumkin.
  • Omborning to’lib qolishi tufayli yetkazib berish bilan bog‘liq qiyinchiliklar mavjud. Masalan,eng yaqin bo‘sh taym-slot bir-ikki oydan keyin bo‘lishi mumkin. Yangi ishga tushirilgan fullfilment markazi ushbu muammoni yechishga xizmat qilishi nazarda tutilgan.

Uzum Marketda savdo qilish uchun qaysi mahsulot va nishani tanlagan maqul

Savdo uchun to‘g‘ri mahsulot va joyni tanlash muvaffaqiyatning asosiy omilaridir. O‘zbekiston bozori o‘ziga xos xususiyatlar va afzalliklarga ega bo‘lib, ularni assortimentni tanlashda hisobga olish muhim.

Nishadagi talab. Ushbu omilni to’g’ridan-to’g’ri baholash qiyin, shuning uchun marketpleyslarningi ichki statistik ma’lumotlari va kalit so’zlarni tanlash xizmatlaridan foydalanish orqali baholash mumkin, chunki tez-tez qidirilayotgan so’rovlar yuqori talab ko’rsatkichi bo’lishi mumkin.

Marketpleyslardagi talab. Baholash uchun SellerFox, Baraka Data kabi tahlil xizmatlaridan foydalanish mumkin. Ular kategoriya bo’yicha o’rtacha chek va aylanma, kunlik buyurtmalar soni va boshqa muhim ko’rsatkichlar haqida ma’lumot beradi.

Savdo statistikasi. Xaridlar chastotasi va sotib olish foizi muhim ko’rsatkichlardir. Masalan, agar kiyim-kechak va oyoq kiyimlarining sotib olish foizi past bo’lsa, bu omil logistika xarajatlarini hisoblashda hisobga olinishi kerak.

“Mahsulotni shaxsiy didga emas, raqamlarga asoslanib tanlash kerak. Sotuv salohiyati va marjasi yuqori boʻlgan tovarlarni topish uchun tahlil xizmatlaridan foydalanamiz. Ulardan istalgan birini tanlab, ishlamoqchi boʻlgan toifani belgilash va kerakli koʻrsatkichlarni sozlash mumkin.

Masalan, maqsadingiz oyiga 100 mln soʻm aylanmaga erishish boʻlsin. Bunday holatda men oyiga kamida 10 mln soʻm aylanma keltiradigan kartochkalarga eʼtibor qarataman. Shunday qilib, bozorga har biri oyiga 10 mln soʻmdan aylanma keltiradigan 10 ta mahsulotni chiqarishim kerak. Buning uchun avval taxminan 200–250 ta tovarni tahlil qilib, ulardan ishga tushirish uchun 25–30 tasini tanlab olish, keyin esa shu tovarlar orasidan oyiga kamida 10 mln soʻm aylanma keltira oladiganlarini ajratib olish kerak.”

Roman Kim

Eng istiqbolli tovarlar va toifalar

DaData va Baraka Data analitik xizmatlari maʼlumotlariga koʻra, 2026‑yil may oyida Uzum Marketʼda quyidagi toifalarda talab yuqori:

  • elektronika;
  • kiyim-kechak;
  • goʻzallik va parvarish mahsulotlari;
  • maishiy texnika;
  • uy uchun tovarlar;
  • sport va dam olish uchun tovarlar.
DaDataʼda Uzum Market toifalari tahlili skrinshoti: elektronika, kiyim-kechak, maishiy texnika, uy uchun tovarlar va boshqa talab yuqori boʻlgan nishalar.
DaData analitik xizmati maʼlumotlariga koʻra, Uzum Marketʼdagi toifalar statistikasi: tushum, SKUʼlar va doʻkonlar soni, shuningdek, nishalar boʻyicha talabning taqsimlanishi.

Uzum Marketʼda talab yuqori boʻlgan tovarlar qatoriga smartfonlar, maishiy texnika, sport tovarlari, oziq-ovqat mahsulotlari va uy uchun tovarlar kiradi.

DaData tahlilida Uzum Marketʼdagi yangi tovarlarning dastlabki 30 kunlik sotuvlari boʻyicha tushumi koʻrsatilgan skrinshot.
DaData maʼlumotlariga koʻra, Uzum Marketʼdagi yangi tovarlar: dastlabki 30 kunda tushumini eng tez oshirgan SKUʼlar
Baraka Data servisida Uzum Marketʼdagi talab yuqori boʻlgan tovarlar tahlili: bir oy davomidagi tushum, sotuvlar va oʻrtacha narxlar
Baraka Data maʼlumotlariga koʻra, soʻnggi bir oyda Uzum Marketʼda talab yuqori boʻlgan tovarlar: tushum, sotuvlar soni va oʻrtacha narxlar

Shu bilan birga, tahlil shuni koʻrsatadiki, hatto talab yuqori boʻlgan toifalarning ichida ham talab bir tekis taqsimlanmagan: ayrim tovarlar tez tugaydi va tanqis boʻladi, boshqa nishalarda esa raqobat allaqachon yuqori va takliflar ortiqcha.

Baraka Dataʼda Uzum Marketʼdagi oziq-ovqat mahsulotlari toifalari boʻyicha tovarlar tanqisligi va ortiqchaligi tahlili aks etgan skrinshot
Baraka Dataʼda Uzum Marketʼdagi tovarlar tanqisligi va ortiqchaligi tahlili: qaysi nishalarda raqobat haddan tashqari yuqori, qaysilarida esa talab taklifdan ustun

Uzum Marketʼda tovarni sotuvga chiqarishdan oldin analitika xizmatida quyidagilarni tekshirib koʻrish kerak:

  • talab va sotuvlar dinamikasini;
  • toifadagi raqobatchilar sonini;
  • oʻrtacha chekni;
  • xaridlar foizini;
  • logistika va saqlash xarajatlarini;
  • mavsumiylikni.

Qoʻshimcha maʼlumot olish uchun “Oʻzbekiston marketpleyslarida savdoni qanday boshlash mumkin” maqolamizni oʻqing.

Nimalarni sotish mumkin emas

Uzum Market platformasida, har qanday boshqa yirik marketpleyslar kabi, sotilishi taqiqlangan mahsulotlar ro’yxati mavjud. Masalan:

  • alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari;
  • odobsiz yoki axloqsiz toifadagi mahsulotlar;
  • kontrafakt va qonunga zid tarzda olib kirilgan mahsulotlar;
  • pirotexnika va dori vositalari.

Taqiqlangan tovarlarning toʻliq roʻyxatini Uzum Sellers saytida koʻrish mumkin.

Uzum Market bilan hamkorlik shartlari

Uzum Marketga sotuvchi sifatida O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan tashkilotlar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘z-o‘zini band qilgan shaxslar qo‘shilishlari mumkin. Internet-savdo uchun OKED “Oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarini chakana savdosi” kodi mos keladi (agar internet-savdo asosiy daromad manbai bo’lsa, asosiy OKED sifatida ko’rsatiladi).

Uzum Market fulfillment shakllari

Uzum Marketʼda fulfillmentning toʻrtta modeli mavjud: FBO, FBS, DBS va EDBS.

FBO (Fulfilment by Operator) — bu an’anaviy tizim bo’lib, bunda sotuvchilar o‘z mahsulotlarini yagona fulfillment markaziga topshiradilar. Barcha mahsulotlar Toshkent va boshqa shaharlardagi omborlarda qabul qilinadi. Fulfillment markazidan buyurtmalar sotib olingan kundan keyin ertasi kuni yetkazib berish nuqtalariga yetkaziladi. Marketpleys prinsipi — xaridorlarga bir kun ichida yetkazib berishdir.

FBS (Fulfilment by Seller). Bu sxemada sotuvchi tovarlarni oʻz omborida saqlaydi, buyurtmalarni yigʻadi va ularni Uzum Market omboriga topshiradi. Agar dam olish kunlari shaxsiy kabinetda koʻrsatilgan boʻlsa, sotuvchi ombor ishini shu kunlarni hisobga olgan holda boshqarishi mumkin.

Tovar Uzum Market omboriga kelib tushgach, mijozga yuboriladi va buyurtma keyingi kuni yetkaziladi. FBS modeli noyob, yirik hajmli va mavsumiy tovarlar uchun yaxshi tanlov. Bundan tashqari, kam aylanadigan tovarlarni saqlash uchun haq toʻlash zaruratidan qochish imkonini beradi.

FBS modeli “Oziq-ovqat mahsulotlari” toifasidan tashqari barcha toifadagi sotuvchilar uchun mavjud, “Sport ovqatlanishi” bundan mustasno. Bu model, ayniqsa, oʻz ombor infratuzilmasiga ega boʻlgan va marketpleys omborida saqlash har doim ham qulay boʻlmagan tovarlarni sotadigan sotuvchilar uchun toʻg‘ri keladi.

DBS (Delivered by Seller). Bu modelda sotuvchi buyurtmani bajarish uchun toʻliq javobgar boʻladi: tovarni saqlash va qadoqlashdan tortib, uni mijozga yakuniy yetkazib berishgacha. Marketpleys onlayn vitrinasini va marketing vositalarini taqdim etadi, sotuvchi esa tovarni xaridorga mustaqil ravishda yoki uchinchi tomonlar xizmatidan foydalanib yetkazib beradi.

EDBS (External Deal, Buyer-Seller). Bu raqamli tovarlar uchun alohida ishlash sxemasi. Bunda sotuvchi aktivatsiya kodini, havolani yoki raqamli mahsulotdan foydalanish imkoniyatini xaridorga mustaqil ravishda taqdim etadi. Bunday tovar aktivatsiya qilingandan soʻng, odatda, uni qaytarish mumkin emas, Oʻzbekiston qonunchiligida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.

Model Qanday ishlaydi Kimlar uchun toʻg‘ri keladi

FBO

Sotuvchi tovarlarni oldindan Uzum Market omboriga yetkazib beradi. Marketpleys tovarlarni saqlaydi, buyurtmalarni yigʻadi va xaridorlarga yetkazib beradi.

Talabi barqaror va aylanmasi yuqori boʻlgan tovarlar uchun.

FBS

Sotuvchi tovarlarni oʻzida saqlaydi, buyurtmani oʻzi yigʻadi va xaridorga yetkazib berish uchun Uzum Marketʼga topshiradi.

Mavsumiy, noyob va aylanmasi past boʻlgan tovarlar uchun.

DBS

Sotuvchi tovarlarni mustaqil ravishda saqlaydi, qadoqlaydi va xaridorga yetkazib beradi.

Yirik hajmli, nostandart yoki maxsus toifadagi tovarlar uchun.

EDBS

Sotuvchi raqamli tovarlarni sotadi va elektron kod, havola yoki xizmatdan foydalanish imkoniyatini xaridorga mustaqil ravishda taqdim etadi.

Obunalar, sertifikatlar, raqamli xizmatlar va elektron tovarlar uchun.

Tovarlar oʻlchamiga qoʻyiladigan cheklovlar

Logistika va yetkazib berish jarayonlarini optimallashtirish maqsadida omborda saqlanadigan mahsulotlar uchun o‘lcham cheklovlari joriy etilgan.

Kichik va o‘rta hajmdagi mahsulotlar uchun:

  • Qadoqning balandligi 50 smdan oshmasligi kerak.
  • Maksimal uzunlik va kenglik palet o‘lchamlariga mos kelishi lozim: 120 sm x 80 sm.
  • Maksimal vazn 50 kgdan oshmasligi kerak.

Katta hajmdagi mahsulotlar balandligi 50 smdan yuqori bo‘lishi mumkin. Maksimal ruxsat etilgan balandlik 200 smga teng. Mahsulotlarni qadoqlangan holda, yig‘ilmagan qutida qabul qilinadi.

Shuningdek, marketpleys tovarlarning narxini omborda egallaydigan hajmiga qarab hisobga oladi. Shu sababli tovarlarni yetkazib berishdan oldin ularning oʻlchamlari va qadoqlanishiga qoʻyiladigan talablarni, shuningdek, 1 kub. m uchun tovarlarning minimal narxini tekshirish muhim. Amaldagi cheklovlar va shartlarni Uzum Market sotuvchilari uchun rasmiy yoʻriqnomada tekshiring.

Marketpleys komissiyasi

Uzum Market faqat sotilgan mahsulotlardan tushgan daromaddan komissiya va logistika to‘lovini ushlab qoladi. Ushbu yig‘imlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • buyurtmalarni yig’ish va jo’natishga tayyorlash;
  • ekvayring va kassa xizmatlari xarajatlari;
  • xaridor yashovchi shahargacha yetkazib berish;
  • xaridor mahsulotdan bosh tortganda, buyurtmalarni omborga va sotuvga qaytarish.

Komissiya miqdori tovar toifasiga bogʻliq boʻlib, avtomatik ravishda hisoblanadi. Masalan, ayrim elektronika va texnika toifalarida komissiya taxminan 3% boʻlishi mumkin, ayrim ommaviy toifalarda esa ancha yuqori boʻladi. Logistika yigʻimi tovarning oʻlchami va toifasiga bogʻliq:

  • kichik hajmdagi tovarlar uchun: 5 000 soʻm;
  • oʻrta hajmdagi tovarlar uchun: 8 000 soʻm;
  • yirik hajmdagi tovarlar uchun: bir dona tovar uchun 20 000 soʻm.

Misol:

Seller 10 mln soʻmlik iPhone sotadi. Marketpleys komissiyasi 3% boʻlsa, komissiya 300 000 soʻm, logistika yigʻimi esa 5 000 soʻmni tashkil qiladi.

2 mln soʻmlik robot-changyutgich sotilganda, 10% komissiya 200 000 soʻm, logistika yigʻimi esa 8 000 soʻmni tashkil qiladi.

Savdoni boshlashdan oldin tovar boʻyicha barcha xarajatlarni oldindan hisoblab chiqish muhim: marketpleys komissiyasidan tashqari, qadoqlash, saqlash, chegirmalar, targʻib qilish, qaytarishlar va soliqlarni ham hisobga oling.

Omborda saqlash uchun to‘lov

Ayrim tovarlar uchun Uzum Market omborda saqlash uchun toʻlov undiradi. Odatda bu aylanmasi past boʻlgan yoki uzoq vaqt davomida sotilmagan tovarlarga tegishli. Saqlash narxi tovarning oʻlchami va toifasiga bogʻliq. Shu sababli tovarlarni yetkazib berishdan oldin talabni oldindan baholash va sotuv prognozini hisobga olmasdan omborga haddan tashqari koʻp miqdorda tovar yubormaslik maʼqul.

Toʻlov miqdori tovarning aylanmasi, oʻlchami va toifasiga bogʻliq boʻlib, bir dona tovar uchun kuniga 30 soʻmdan 1 500 soʻmgacha boʻladi.

Uzum Marketda ro‘yxatdan o‘tish va sotuvni boshlash: bosqichma-bosqich yo‘riqnoma

Birinchi o’rinda, platformada seller sifatida ro‘yxatdan o‘ting. Keyingi qadamlarni batafsil ko’rib chiqamiz.

1-qadam: Uzum Marketda ro‘yxatdan o‘tish

Uzum Sellers saytida seller sifatida roʻyxatdan oʻtish mumkin. Tashkiliy-huquqiy shaklni tanlang: YaTT, MChJ yoki boshqa yuridik shaxs. Roʻyxatdan oʻtgandan soʻng “Shaxsiy maʼlumotlar” boʻlimidagi barcha maydonlarni toʻldiring va kerakli hujjatlarni yuklang. Hujjatlar toʻplami marketpleysdagi roʻyxatdan oʻtish turiga bogʻliq:

Sotuvchi turi Qanday hujjatlar kerak boʻladi

Yakka tartibdagi tadbirkor

YaTT sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻg‘risidagi guvohnoma, pasport

MChJ va boshqa yuridik shaxslar

Yuridik shaxs roʻyxatdan oʻtganligi toʻg‘risidagi bildirishnoma yoki guvohnoma, direktor lavozimiga tayinlash toʻg‘risidagi buyruq yoki qaror, pasport

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻg‘risidagi guvohnoma, pasport

Shundan soʻng elektron soliq xizmatlari saytida shaxsiy kabinetingizga kirib, Uzumʼni komissionerlar roʻyxatiga qoʻshing. Keyin biznesni qoʻllab-quvvatlash xizmatiga akkaunt roʻyxatdan oʻtkazilgan elektron pochta manzilini, shaxsiy kabinetingiz skrinshotini va komissioner qoʻshilganini tasdiqlovchi skrinshotni yuboring. Marketpleys ikki kun ichida maʼlumotlarni tekshiradi va akkauntni faollashtiradi.

2-qadam: Do‘kon yaratish

“Shaxsiy maʼlumotlar” boʻlimidagi maʼlumotlarni toʻldirgandan soʻng, “Doʻkonlar” boʻlimi ochiladi. Unda ikkita boʻlim mavjud: “Rasmiylashtirish”, bu yerda avatar va doʻkon jildini qoʻshasiz, hamda “Asosiy sozlamalar”, bu yerda manzil va brendingiz tavsifini koʻrsatishingiz kerak.

Yangi doʻkon yaratish formasi koʻrsatilgan Uzum Sellers shaxsiy kabineti skrinshoti
Doʻkon yaratish formasida sotuvchi doʻkon nomi, sahifa manzili, qisqa nomi va doʻkon tavsifini rus va oʻzbek tillarida koʻrsatadi.

Sotuvchilarga bitta do‘konda turli toifadagi ko‘plab tovarlarni sotmaslik tavsiya etiladi. Masalan, bitta do‘konda ko‘ylak va maishiy kimyoviy moddalarni sotmagan ma’qul. Bunday yondashuv brendni shakllantirishga va raqobatchilardan uzoqlashishga to‘sqinlik qiladi.

2026‑yil 1‑iyundan boshlab Uzum Market bir xil yoki oʻxshash tovarlarni joylashtirish uchun bir nechta doʻkon yaratishni taqiqlaydi. Agar tovarlar faqat rangi, oʻlchami, hajmi yoki boshqa xususiyati bilan farq qilsa, ularni bitta kartochkaga birlashtirish va SKU boʻyicha ajratish kerak.

3-qadam: Elektron hujjat aylanishini sozlash

EDOdan foydalanish hujjat aylanish jarayonini osonlashtiradi va tezlashtiradi. Siz himoyalangan hujjatlarni elektron shaklda yuborishingiz va qabul qilishingiz mumkin, ular sizning elektron imzoingiz bilan imzolanadi va asl nusxa hisoblanadi.

4-qadam: Tovar kartochkalarini yaratish

Kartochkada tovar nomi ikki tilda: o‘zbek (lotin yozuvi) va rus (kirill yozuvi) tillarida to‘ldirilishi kerak. Nomlar moderatsiyalanadi, ular quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • Mahsulot turini ko’rsatishi kerak, masalan: paypoq, qaychi, krujka, smartfon,
  • tovarga muvofiq bo‘lishi kerak, masalan, noski kartochkasida zakolkalar sotilmasligi kerak,
  • bosh harf bilan boshlanishi kerak,
  • qisqartirilmalarsiz bo’lishi kerak.

Tovar nomi quyidagi sxema bo‘yicha tuzilishi kerak: Tovar turi + brend + model + asosiy tavsif. Masalan, “Cleanbot Ultraspray oyna yuvish roboti purkagichli.”

Kartochkada, shuningdek, tovarning brendi, toifasi, QQS stavkasi, xususiyatlari va tavsiflari ko‘rsatilishi kerak va SKU — bu tovarning noyob identifikatori bo‘lib, u assortiment qatorining (artikulining) har bir pozitsiyasiga beriladi. Har bir SKU uchun avtomatik ravishda unikal tizim shtrix-kodi belgilanadi, uni chop etish va tovarga yopishtirish kerak.

Tovar kartochkasiga, shuningdek, tovar tavsifi va Uzum Market talablariga javob beradigan sifatli fotosuratlarni ham qoʻshish kerak. Fotosuratlarda tovar aniq koʻrinishi, ortiqcha elementlar, kontakt maʼlumotlari, havolalar va boshqa doʻkonlarning reklamasi boʻlmasligi kerak. Foto, video va infografikaga qoʻyiladigan amaldagi talablarni sotuvchilar uchun toʻliq yoʻriqnomada koʻring.

Uzum Marketʼdagi tovar kartochkasi skrinshoti: smartfon fotosurati, narxi, xarid qilish tugmasi va tovar xususiyatlari boʻlimi
Uzum Marketʼdagi tovar kartochkasining asosiy elementlari: fotosurat, nomi, narxi, yetkazib berish shartlari, xarid qilish tugmalari va tovarning qisqacha xususiyatlari

5-qadam: Tovarlarni tayyorlash va omborga jo‘natish

Tovar kartochkasi yaratilgandan so‘ng, yukxatlarni yaratishga va tovarni omborga jo‘natishga darhol kirishish mumkin.

Har bir tovar individual ishonchli qadoqda bo‘lishi kerak. Agar to‘plam shaklida sotilsa, barcha tarkibiy qismlarni birgalikda qadoqlash, ustiga esa yagona shtrix-kod va “To‘plamda sotiladi” stikerini yopishtirish kerak.

Agar tovarlarda EAN-13 formatidagi zavod shtrix-kodlari bo‘lsa, marketpleysning shaxsiy kabinetida tegishli kartochkani yaratish bosqichida belgilab qo‘yish va maxsus maydonga shtrix-kodni kiritish kerak — shunda qo‘shimcha shtrix-kodlarni yopishtirish kerak bo‘lmaydi.

Uzum Sellers shaxsiy kabinetidagi Yorliqlar boʻlimi skrinshoti: tovarlarni tanlash, yorliqlar sonini koʻrsatish va chop etish tugmasi
Doʻkon yaratish formasida sotuvchi doʻkon nomi, sahifa manzili, qisqa nomi va doʻkon tavsifini rus va oʻzbek tillarida koʻrsatadi

Joʻnatishdan oldin quyidagilarni tekshiring:

  • yetkazib beriladigan tovarlar sonini;
  • SKU va shtrix-kodlarning mosligini;
  • qadoqlash sifatini;
  • toʻplamlarning markirovkasini;
  • yuk xatidagi maʼlumotlarni.

Bu muhim, chunki Uzum Market tovarlarni qabul qilishda aniqlangan kamchiliklarni alohida hisobga olishi mumkin: kamomad, ortiqcha miqdor, tovarlarning chalkashib ketishi va shikastlangan shtrix-kodlar.

Tovarlarni sotuvga tezroq tayyorlash uchun Uzum Marketʼning tovarlarni tayyorlash markazi xizmatlaridan foydalanish mumkin. Markaz xodimlari tovarlarning sifatini tekshiradi, ularni qadoqlaydi, SKU boʻyicha ajratadi, shtrix-kodlarni yopishtiradi, yuk xatlarini rasmiylashtiradi va tovarlarni omborga topshiradi. Bu xizmatlar pullik, biroq ular xatolar xavfini kamaytiradi va sotuvchining ishini ancha yengillashtiradi.

МойСклад servisi Uzum Marketʼda tez va xatosiz savdo qilishga yordam beradi. U orqali qancha tovar qolganini, qaysi tovar koʻproq foyda keltirishini va birinchi navbatda nimalarni xarid qilish kerakligini har doim bilasiz. Marketpleysning shaxsiy kabinetida zarur maʼlumotlarning koʻpi mavjud emas, shuning uchun hisob yuritish dasturidan foydalanish kerak. Natijada vaqt tejaladi va savdoda xatolarga yoʻl qoʻyilmaydi. Hozirning oʻzida МойСкладʼni bepul sinab koʻrish.

МойСкладʼni bepul sinab koʻrish

6‑qadam: Tovarlarni targʻib qilish

Uzum Marketda mahsulotlarni ilgari surish uchun kerakli barcha vositalar shaxsiy kabinetning “Marketing” bo‘limida to‘plangan.

1. Tovarlar uchun maxsus aksiyalar oʻtkazishingiz mumkin, yaʼni amal qilish muddati cheklangan chegirmalarni taklif qilish. Xaridorlar eski narxning ustidan chizilganini, yangi narxni va aksiya tugashigacha qolgan vaqtni koʻrsatuvchi taymerni koʻradi. “Taymer” yangi tovarni targʻib qilish, shuningdek, qolgan tovarlar yoki nolikvid tovarlarni sotish uchun ayniqsa toʻg‘ri keladi.

Uzum Marketʼdagi tovar kartochkalarida Vaqtinchalik chegirma belgisi va aksiya tugash taymeri
Uzum Marketʼda aksiyadagi tovarlar koʻrinishiga misol: chegirmani koʻrsatuvchi maxsus belgi, aksiya taymeri, tovar reytingi va xaridorlar sharhlari

Kartochkada eski narx, yangi narx va xaridorlarni tezroq qaror qabul qilishga undaydigan taymer ko‘rsatiladi. Bunday mahsulotlar “Sotib olishga ulguring” to‘plamiga ham kiradi, bu esa qamrovni kengaytiradi.

2. Shuningdek, o‘z do‘koningiz uchun 50% gacha chegirma bilan promokodlar yaratishingiz va ulardan, masalan, blogerlar orqali targ‘ib qilish uchun foydalanishingiz mumkin. Yoki sotuvchilar uchun qidiruv natijalarida tovarlarni ilgari surish bo‘yicha o‘ziga xos kimoshdi savdosida qatnashish imkoniyati bor: stavka qancha yuqori bo‘lsa, tovar shuncha yuqori o‘rinda turadi. Shaxsiy kabinetda har bir promokodning samaradorligini kuzatish mumkin — undan necha marta foydalanilgani va daromad bo‘yicha qanday natija bergani.

Uzum Marketʼda buyurtmani rasmiylashtirish oynasi: promokodni kiritish maydoni
Xaridor Uzum Marketʼda buyurtmani rasmiylashtirishda promokodni qoʻllab, qoʻshimcha chegirmaga ega boʻlishi mumkin.

3. Aksiyalar taqvimi — bu marketpleysning oʻzi oʻtkazadigan aksiyalar boʻlib, belgilangan shartlarga javob beradigan tovarlarni ularga qoʻshishingiz mumkin: minimal chegirma, muayyan toifaga mansublik va belgilangan narx oraligʻi. Bunday aksiyalarda ishtirok etish qoʻshimcha trafik olib keladi, ayrim hollarda esa komissiya stavkasi pasayadi. Barcha takliflar alohida boʻlimlarda jamlangan: faol, mos keladigan va yakunlangan.

Uzum Sellers shaxsiy kabinetidagi Aksiyalar taqvimi boʻlimi skrinshoti: tovarlarni aksiyaga qoʻshish
Uzum Sellersʼdagi Aksiyalar taqvimida sotuvchi tovarlarni tanlashi, yangi narxni koʻrsatishi va ularni marketpleys aksiyasiga qoʻshishi mumkin.

4. Bust TOP — katalogda mahsulotlarni pullik targʻib qilish va CPM modeli boʻyicha qidiruv natijalarida koʻrsatish (1000 koʻrish uchun toʻlov). SKUni tanlaysiz, stavkalar va joylashuv joylarini sozlaysiz, haftalik byudjetni belgilaysiz va namoyish tezligini (bir tekis yoki tez) boshqarasiz.

Mahsulotlar “Reklama” deb belgilanadi va barcha qurilmalarda xaridorlarga ko‘rinadi. Tizim soxta ko‘rishlardan himoya qiladi va firibgarlik namoyishlari uchun pulni qaytaradi. Har bir kampaniya uchun batafsil statistika, jumladan, daromad, xarajatlar, konversiya, namoyish narxi va sotuvlar ma’lumotlari mavjud.

Uzum Market katalogidagi Bust TOP vositasi orqali targʻib qilinayotgan reklama tovarlari
Uzum Marketʼda “Bust TOP” vositasi qanday ishlashiga misol: reklama qilinayotgan tovarlar qoʻshimcha qamrovga ega boʻladi va marketpleys katalogida “Reklama” belgisi bilan koʻrsatiladi

5. Buyurtmalarni koʻpaytirish. 2026‑yilda Uzum Market natija uchun toʻlov asosida ishlaydigan yangi targʻibot vositasini ishga tushirdi. Sotuvchi tovarlarni tanlaydi, sotuvdan olinadigan foizni koʻrsatadi va targʻibotni ishga tushiradi. Toʻlov faqat xaridor buyurtmani olganidan keyin yechib olinadi. Bu vosita reklama kampaniyalarini qoʻlda sozlamasdan tovarlarini targʻib qilmoqchi boʻlgan sotuvchilar uchun toʻg‘ri keladi.

Uzum Sellers shaxsiy kabinetidagi Buyurtmalarni koʻpaytirish vositasi skrinshoti: stavka, buyurtmalar soni, sotuvlar va xarajatlar
Uzum Sellers shaxsiy kabinetidagi “Buyurtmalarni koʻpaytirish” vositasi: sotuvchi tovarlarni tanlaydi, stavkani belgilaydi va buyurtmalar, sotuvlar hamda xarajatlarni kuzatib boradi

6. Pullik targʻibot vositalaridan tashqari, Uzum Market organik qidiruv natijalariga ham taʼsir qilish imkonini beradi. Tovar kartochkasi qanchalik yaxshi rasmiylashtirilgan boʻlsa — nomi, tavsifi, filtrlar, fotosuratlari, reytingi va sharhlari — qidiruv natijalarida shunchalik yuqorida koʻrinadi.

Raqobatbardosh bo‘lish uchun narxlarni kuzatib borish, chegirmalar va aksiyalar orqali buyurtmalarni rag‘batlantirish muhim. Tizim mahsulotlarni matni dolzarbligi, xaridorlarning xatti-harakati va reytingi bo‘yicha saralaydi — bularning barchasi mahsulotning qidiruvdagi yakuniy o‘rnini shakllantiradi.

Reklamani ishga tushirishdan oldin tovar kartochkasini tekshiring: nomi, fotosuratlari, xususiyatlari, narxi, sharhlari va qoldiqlari. Agar kartochka xaridorga tezda qaror qabul qilishga yordam bermasa, hatto pullik targʻibot ham kutilganidek samarali ishlamaydi.

Yangi sotuvchilar ko‘p uchraydigan xatolari

Noto‘g‘ri narx belgilash. Ko‘pchilik yangi sellerlar tovarning bozordagi qiymati, raqobat va o‘z xarajatlarini hisobga olmay, tovarlariga juda past yoki juda yuqori narx belgilaydilar. Bu daromadning yoki sotuvning kamayishiga olib kelishi mumkin.

“Agar yangi o‘yinchi juda yuqori narx belgilasa, mahsulotlarini sota olmaydi, chunki pastroq narx belgilagan va shunga mos ravishda oborotlari kattaroq raqobatchilari bo‘ladi. Agar narxni juda past belgilasa, minusga kirib ketadi. Masalan, ko‘pchilik sotuvchilar tovarni 10 ming so‘mdan sotib oladi, 20 mingga sotadi va 100% ustamani juda yaxshi deb hisoblaydi. Hisob-kitob qilinganda esa, aslida sotuvchi barcha haqiqiy xarajatlarni hisobga olmagani uchun minusga savdo qilayotgan bo’ladi. Shuning uchun har doim yunit-iqtisodiyotini hisobga olish kerak.”

Roman Kim

Unit-iqtisodiyot — tovar sotilayotgan sharoitda biznesning iqtisodiy natijalarini modellashtirishdir. Bu usul sotuvlar natijasida qancha sof daromad olishingizni hisoblab chiqishga yordam beradi.

Darhol katta partiyani sotib olish. Albatta, tovarni katta hajmda sotib olish manfaatliroq. Ammo mutaxassislar real talabni tahlil qilish va qoldiqni o‘zingizga zarar bilan sotishingiz kerakligini hisobga olishni tavsiya qiladilar.

Ishga tushirilgandan keyingi faollikning yo‘qligi. Marketpleysdagi birinchi sotuv oyi kartochkaning hayot siklidagi eng muhim oy hisoblanadi. Agar u bilan boshidanoq ish olib borilmasa, demak, sotuvda kerakli pozitsiyalarni qo‘lga kirita olmaslik xavfi bor, demakki sotuvlar ham past bo’ladi.

Raqobatchilar tahlilini e’tiborsiz qoldirish. Raqobatchilar harakatlarining tahliliga e’tiborsizlik bozor tendensiyalarini tushunmaslikka, maqbul narxlarni belgilay olmaslikka olib keladi va noyob taklif bilan ajralib turish imkoniga ta’sir ko’rsatadi.

Kontent sifatiga e’tiborsizlik. To‘liq bo’lmagan yoki noto‘g‘ri tavsiflar xaridorlarning ishonchini susaytirishii va sotuvlarni kamaytirishi mumkin. Sifatli kontent tovarning jozibadorligi va raqobatbardoshligini oshiradi.

Kartochkalar va SKUʼlarning dublikatlari. 2026‑yildan boshlab Uzum Market qoidalarni kuchaytirmoqda: bitta tovar uchun bitta kartochka boʻlishi kerak, rang, oʻlcham yoki hajmdagi farqlar esa variantlar va SKUʼlar orqali koʻrsatilishi lozim. Dublikatlar kartochkalar, SKUʼlar yoki shaxsiy kabinetning bloklanishiga olib kelishi mumkin.

Hujjatlar va sertifikatlardagi xatolar. Ayrim toifalar uchun sertifikatlar va boshqa tasdiqlovchi hujjatlar talab qilinadi. Notoʻg‘ri hujjat, sifatsiz skan yoki sertifikatning notoʻg‘ri turini yuklash tovarning blokdan chiqarilmasligiga olib kelishi mumkin.

Yetkazib berishdagi xatolar. Kamomad, aralash tovar, shikastlangan shtrix-kodlar va taymslot talablariga rioya qilmaslik jarimalarga olib kelishi mumkin. Joʻnatishdan oldin tovarlar soni, SKUʼlar, shtrix-kodlar, qadoqlash va yuk xatidagi maʼlumotlarni tekshirish kerak.

Uzum Marketʼda tez va xatosiz savdo qilish: savdoni avtomatlashtirish

Buyurtmalar va ombordagi tovar qoldiqlari hisobini qoʻlda yuritish, shuningdek, foydani hisoblashda xatolarga yoʻl qoʻyish muqarrar. Bundan tashqari, bularning barchasi koʻp vaqtni oladi.

Maxsus dastur yordamida savdoni avtomatlashtirish bunga yordam beradi. Masalan, МойСклад marketpleyslarda savdo qilish uchun moʻljallangan.

МойСкладʼda Uzum Market, Ozon, Wildberries va Yandex Marketʼdagi qoldiqlar hamda sotuvlar hisobini yuritish interfeysi
МойСклад qoldiqlarni avtomatik yangilash va bir nechta marketpleysdagi, jumladan, Uzum Marketʼdagi sotuvlarni nazorat qilishga yordam beradi.

Birinchidan, siz doimo qancha mahsulotingiz qolganini va qancha sotib olishingiz kerakligini aniq bilasiz. Buni Xaridlarni boshqarish hisobotida ko‘rish mumkin:

МойСкладʼda qoldiqlarni prognoz qilish va tovarlar xaridini rejalashtirish interfeysi
МойСкладʼda zaxiralarni prognoz qilish va marketpleysda tovarlar taqchilligiga yoʻl qoʻymaslik uchun xaridlarni oldindan rejalashtirish mumkin.

Ikkinchidan, xaridorlarning barcha buyurtmalari ko‘z oldingizda bo‘ladi. Eng muhimi, ular МойСклад xizmatiga barcha manbalardan kelib tushadi. Masalan, siz Uzum Marketdan tashqari oddiy do‘konda, Telegram orqali, boshqa platformalarda ham savdo qilasiz.

Xaridorlarning buyurtmalari hisobotida barcha buyurtmalar bir joyda jamlangan, bu esa ular bilan ishlashni qulaylashtiradi. Bundan tashqari, har bir buyurtmaning oʻz holati bor: toʻlangan, yigʻilgan yoki yetkazib berilgan. Shu tariqa, birorta ham buyurtmani oʻtkazib yubormaysiz.

МойСкладʼda turli savdo kanallaridan kelgan xaridorlar buyurtmalari roʻyxati koʻrsatilgan interfeys
МойСкладʼda turli savdo kanallaridan, jumladan, Uzum Market, veb-sayt va messenjerlardan kelgan xaridorlar buyurtmalarini kuzatib borish mumkin.

Uchinchidan, haqiqiy foydani koʻrishingiz mumkin. Bunda komissiyalar va boshqa xarajatlar ham hisobga olinadi. Qaysi tovarlar yaxshi sotilayotgani, qaysilari esa yaxshi sotilmayotganini koʻrishingiz mumkin. Bularning barchasi Foydalilik hisobotidagi raqamlar va grafikda koʻrsatiladi.

МойСкладʼda foydalilik, sotuvlar summasi va oʻrtacha chek grafigi koʻrsatilgan interfeys
МойСкладʼda tovarlar, xodimlar va xaridorlar kesimida foydalilik, sotuvlar summasi va oʻrtacha chekni kuzatib borish mumkin.

Shu tariqa, siz istalgan vaqtda biznesingizda nimalar yuz berayotganini aniq bilib turasiz.

МойСклад servisidan foydalanib savdoni avtomatlashtirish natijasida:

  • buyurtmani qayta ishlash vaqti 10 daqiqadan 2 daqiqagacha qisqardi, kunlik buyurtmalar soni esa 50 tadan 100 tagacha oshdi. Buning uchun xodimlar sonini koʻpaytirishga hojat boʻlmadi;
  • xatolar va qaytarishlar ulushi 5% dan 1% gacha kamaydi, xodimlarga ketadigan xarajatlar 20% ga qisqardi, biznes tushumi esa 25% ga oshdi;
  • mijozlar tajribasi ham yaxshilandi: soʻrovlarga javob berish vaqti 3 soatdan 10 daqiqagacha qisqardi, sodiq xaridorlar ulushi esa 10% dan 30% gacha oshdi.

Toʻliq maqolani oʻqish

Sanjar Togayev

МойСкладni 14 kun davomida bepul sinab ko‘ring. Ro‘yxatdan o‘tganingizdan so‘ng, menejerlarimiz hammasini batafsil tushuntirib berishadi, asosiy hisobotlarni ko‘rsatishadi va biznesingizga moslashtirishda yordam berishadi.

МойСкладni bepul sinab ko‘ring

Manbalar roʻyxati

1. Uzum Market — Synergiya, infratuzilmaga investitsiyalar va tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash — Uzum 2025‑yil yakunlarini sarhisob qildi.

2. Uzum Market — Uzum Market doʻkonlar, tovar kartochkalari va SKUʼlar bilan ishlash qoidalarini yangilamoqda.

3. Uzum Market — Uzum Market yangi targʻibot vositasini ishga tushirmoqda va raqamli tovarlar uchun oʻzgarishlar kiritmoqda.

4. Uzum Sellers — Uzum Market marketpleysidagi sotuvchilar uchun platforma.

5. Baraka Data — Uzum Market uchun analitika servisi.

6. Oʻzbekiston soliq organlarining elektron davlat xizmatlari portali.

Uzum Marketʼda savdo qilish boʻyicha koʻp beriladigan savollar

Ushbu boʻlimda Uzum Marketʼda savdoni endi boshlayotgan sotuvchilarning eng koʻp beradigan savollariga qisqa javoblar beramiz: boshlash uchun qancha mablag‘ kerak, kim sotuvchi boʻlishi mumkin, tovarni qanday tanlash va birinchi yetkazib berishdan oldin nimalarni hisobga olish kerak.

Sellerlar boshlash uchun 5–10 ming dollar miqdorida kapitalga ega boʻlishni tavsiya qiladilar. Sotuvchilar soni ortgani sari bozorga kirish xarajatlari ham oshib bormoqda. Biroq boshlash uchun yagona belgilangan summa yoʻq: barchasi toifa, xarid narxi, komissiya, logistika, qadoqlash, targʻibot va tovar zaxirasiga bogʻliq. Nishani sinab koʻrish uchun avval kichik partiyadan boshlash, unit-iqtisodiyotni hisoblash va shundan keyingina xarid hajmini oshirish maʼqul.

Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtgan yuridik shaxs, yakka tartibdagi tadbirkor yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxs Uzum Marketʼda sotuvchi boʻlishi mumkin.

Uzum Marketʼda FBO, FBS, DBS va EDBS sxemalaridan foydalanish mumkin. FBOʼda tovarlar marketpleys omborida, FBSʼda esa sotuvchining omborida saqlanadi. DBSʼda sotuvchi buyurtmani xaridorga mustaqil ravishda yetkazib beradi, EDBS esa raqamli tovarlar uchun qoʻllanadi.

Avval talab, raqobat, oʻrtacha chek, komissiya, logistika, mavsumiylik va qaytarishlarni tekshiring. Tovarni faqat “uni hamma sotib oladi” degan tamoyil asosida tanlamang: ommaviy toifalarda raqobat yuqori, marja esa past boʻlishi mumkin.

Tovar xaridi, marketpleys komissiyasi, logistika yigʻimi, qadoqlash, saqlash, targʻibot, chegirmalar, qaytarishlar, soliqlar va yetkazib berishdagi xatolar uchun qoʻllanishi mumkin boʻlgan jarimalarni hisobga oling.

Tovarlarni targʻib qilish uchun aksiyalar, promokodlar, marketpleysning Aksiyalar taqvimi, “Bust TOP” va “Buyurtmalarni koʻpaytirish” vositalaridan foydalanish mumkin. Reklamani ishga tushirishdan oldin tovar kartochkasini tekshiring: nomi, fotosuratlari, xususiyatlari, narxi, qoldiqlari, reytingi va sharhlari. Agar kartochka yaxshi rasmiylashtirilmagan boʻlsa, pullik targʻibot kutilganidek samarali ishlamasligi mumkin.

Qoldiqlar, narx, sharhlar, reyting, tovar kartochkasining sifati va reklamani kuzatib boring. Birinchi oy savdolar va tovarning qidiruv natijalaridagi oʻrniga taʼsir qiladigan xaridorlarning xatti-harakatlari haqidagi maʼlumotlarni toʻplash uchun muhim.

Yangi sotuvchilar koʻpincha nishani sinab koʻrmasdan katta partiyada tovar xarid qiladi, unit-iqtisodiyotni hisoblamaydi, tovar kartochkalarini talab darajasida rasmiylashtirmaydi, raqobatchilarni tahlil qilmaydi, shtrix-kodlar va hujjatlarda xatolarga yoʻl qoʻyadi, shuningdek, yetkazib berishni oldindan rejalashtirmaydi.

МойСкладʼda qoldiqlar, buyurtmalar, xaridlar va sotuvlarning foydaliligini nazorat qilish mumkin. Bu omborni oʻz vaqtida toʻldirish, tovar yetishmasligi sababli buyurtmalarni yoʻqotmaslik va xarajatlarni hisobga olgan holda haqiqiy foydani hisoblashga yordam beradi.

Uzum Marketʼda qoldiqlarni kuzatib borish, buyurtmalarni oʻz vaqtida qayta ishlash va foydani nazorat qilish muhim. Bunda МойСклад servisi yordam beradi: qoldiq va narxlarni avtomatik yangilang, yorliqlarni chop eting, barcha xarajatlarni hisobga olgan holda haqiqiy foydani koʻring, qaysi tovarni qachon xarid qilish kerakligini aniq bilish uchun zaxiralarni prognoz qiling.

МойСкладʼni sinab koʻrish
Shuningdek, quyidagilarni o‘qing:
Shohsanam Xurramova
Shohsanam Xurramova МойСклад eksperti
Bu maqola foydali bo‘ldimi?
41 baho, o’rtacha 4.53 dan 5
Maqolani ulashing:
МойСклад — savdo, ombor va CRMni birlashtiruvchi bulutli xizmat

Barcha kerakli yechimlar bitta tizimda: savdo, xaridlar, ombor, moliya, mijozlar va ta’minotchilar

Ishni boshlash