Telegramʼda doʻkon yaratish (Mini App va savdo boti): bosqichma-bosqich qoʻllanma va misollar

Telegramʼdagi doʻkon endi oddiy mahsulotlar namoyish etiladigan sahifa yoki tugmalar orqali ishlaydigan bot emas. Bugungi kunda biznes messenjerning oʻzida mahsulot va xizmatlarni sotishi mumkin: katalogni namoyish etish, buyurtmalarni qabul qilish, mijozlarni toʻlov bosqichigacha olib borish hamda buyurtma holati haqida bildirishnomalar yuborish.

Oʻzbekistondagi kichik biznes uchun bu alohida veb-sayt yaratmasdan, uzoq davom etadigan dasturlash ishlarisiz va xaridor uchun ortiqcha bosqichlarsiz onlayn savdoni tez yoʻlga qoʻyishning qulay usulidir.

Foydalanuvchiga yangi ilovani yuklab olish yoki uzoq roʻyxatdan oʻtish shart emas. U Telegramʼni ochadi, havola orqali doʻkonga oʻtadi, mahsulotni tanlaydi va buyurtmani oʻzi uchun odatiy muhitda rasmiylashtiradi.

Oʻzbekistondagi biznes uchun doʻkonni ishga tushirish bilan birga unga bogʻliq asosiy jarayonlarni ham oldindan yoʻlga qoʻyish muhim. Jumladan, toʻlovlarni qabul qilish, elektron fiskal chekni taqdim etish, shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlash, yetkazib berishni tashkil etish va mahsulotlar hisobini yuritish. Bunday savdo faoliyati 2022-yil 29-sentyabrdagi OʻRQ-792-sonli “Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi Qonun bilan tartibga solinadi. Shuningdek, hisob-kitoblarni amalga oshirishda virtual kassadan foydalanish va xaridorga elektron fiskal chek yuborish talab etiladi.

Ushbu maqolada Telegramʼda doʻkonni qanday yaratish, bunday format kimlar uchun mos ekani, Oʻzbekistonda Telegram orqali mahsulotlarni qanday sotish mumkinligi, bot va Mini App oʻrtasidagi farqlar hamda nima sababdan hatto yaxshi yaratilgan Telegram doʻkoni ham toʻgʻri sozlanmasa, kutilgan savdo natijalarini bermasligi haqida soʻz yuritamiz.

Shuningdek, Telegramʼdagi doʻkon qanday koʻrinishga ega ekanini, qaysi holatlarda bu format eng samarali ishlashini va qachon Telegramʼni yagona savdo kanali sifatida tanlamagan maʼqul ekanini ham koʻrib chiqamiz.

  1. Telegramʼdagi doʻkon qanday koʻrinishga ega va qanday ishlaydi?
  2. Telegramʼda savdo qilishning afzalliklari va samaradorligi
  3. Telegram’dagi internet-do‘kon kimlarga mos keladi?
  4. Telegram doʻkoni uchun eng yaxshi yoʻnalishlari
  5. Telegramʼdagi internet-do‘kon kimga to‘g‘ri kelmaydi?
  6. Telegramʼdagi savdo funksiyalari va imkoniyatlari
  7. Vitrina, auksion yoki jamoaviy xarid: Telegram-botingiz qanday vazifani bajarishi mumkin?
  8. Telegram'da doʻkon yaratish: bosqichma-bosqich yoʻriqnoma
  9. Telegram-doʻkon yaratish uchun qaysi yechimni tanlagan maʼqul?
  10. Asosiy xatolar tahlili: nega savdo boʻlmayapti?
  11. Xulosa
  12. Telegram orqali savdo qilish bo‘yicha savol-javoblar

Telegramʼdagi doʻkonni ishga tushirish uchun uni tovar hisobi tizimi bilan integratsiya qilish kerak. Bu orqali mahsulotlarning amaldagi qoldiqlari va narxlari avtomatik yangilanadi, xaridorlarning buyurtmalari esa tizimga uzatiladi. Buni keyinga qoldirmang, mahsulotlaringizni МойСклад xizmatiga hoziroq qoʻshing. Shunda Telegramʼdagi doʻkoningizni ishga tushirish uchun muhim bosqichlardan biri allaqachon bajarilgan boʻladi.

МойСкладʼni bepul
sinab koʻrish

Telegramʼdagi doʻkon qanday koʻrinishga ega va qanday ishlaydi?

Telegramʼdagi doʻkonni ikki xil formatda uchratish mumkin:

  • tugmalar orqali boshqariladigan klassik chat-bot,
  • mini-ilova (mini-App) — messenjer ichida alohida veb-sahifa sifatida ochiladi.
МойСклад
МойСклад
МойСклад
МойСклад
МойСклад
Telegramʼdagi savdo uchun eng oddiy yechim: navigatsiya tugmalariga ega katalog bot
МойСклад
МойСклад
@lovflowbot gul yetkazib berish boti Telegramʼda mini-ilova formatida yaratilgan. Interfeysi odatiy onlayn doʻkonga oʻxshaydi: tanlanganlar, toifalar, tafsilotlar va qoʻshimcha mahsulotlar mavjud. Zamonaviy va qulay.
МойСклад
МойСклад
МойСклад
МойСклад
МойСклад

Koʻrib turganingizdek, Telegramʼda mini-ilova formatidagi doʻkonlar ommaboproq. Ular turli konstruktorlar yordamida yaratiladi va dizayn hamda funksional imkoniyatlarni erkin sozlash imkonini beradi.

Telegramʼda savdo qilishning afzalliklari va samaradorligi

Sotuvchilar va biznes egalari uchun:

✅ Raqobat hali past. Telegram orqali savdo bozori endigina rivojlanmoqda. Shu sababli bozorda muvaffaqiyatli oʻrin egallash va hatto raqobatchilar auditoriyasining bir qismini jalb qilish imkoniyati mavjud. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda oʻz brendini rivojlantirib, Telegramʼdagi doʻkoniga havola joylashtirgan bizneslar bundan yutadi.

Bu bozorga boshqa yoʻl bilan ham kirish mumkin: Telegramʼdagi eng yaxshi doʻkonlar jamlanmalarini yaratish. Bunday doʻkonlarni oddiy qidiruv orqali topib boʻlmaydi, shuning uchun kanalni rivojlantirish va unda doʻkon havolasini joylashtirish muhim. Imkoniyatlar juda koʻp.

✅ Savdoni avtomatlashtirish. Chat-bot uchun turli ssenariylarni sozlash mumkin. Belgilangan algoritm asosida bot mijozni xarid qilishga ishontiradi, takroriy buyurtma berishga yoki yangi mahsulotlarga obuna boʻlishga undaydi, shuningdek, chegirma va aksiyalarni taklif etadi. Bularning barchasi qoʻshimcha xodimlarni jalb qilmasdan amalga oshiriladi.

✅ Tez. Mahsulotlar soni kam boʻlsa, Telegramʼdagi doʻkonni atigi 1–2 soat ichida ishga tushirish mumkin. Keng assortimentni qoʻshish uchun koʻproq vaqt kerak boʻladi. Har qanday holatda ham bu juda tez.

✅ Kam xarajat. Telegramʼda doʻkon yaratish shaxsiy veb-sayt yoki mobil ilova ishlab chiqishga qaraganda osonroq va arzonroq. Dizayner va kopirayter xizmatlari talab etilmaydi, chat-botlar bilan integratsiya esa mijozlarni qoʻllab-quvvatlash xarajatlarini kamaytirishga yordam beradi. Asosiy xarajatlar tovar hisobi tizimi va doʻkon konstruktorini ulash bilan bogʻliq boʻladi.

Foydalanuvchilar uchun:

  • Yuqori yuklanish tezligi. Murakkab dizayn va koʻp bosqichli interfeys oʻrniga foydalanuvchilar mahsulot va xizmatlar katalogiga bir zumda kirib, kerakli mahsulotni tez topishi mumkin.
  • Sodda va tushunarli interfeys. Moslashtirilgan katalog va mahsulotlar roʻyxati ortiqcha boʻlimlar hamda keraksiz elementlarsiz yaratilgan. Shu sababli kerakli mahsulotni topish va buyurtma berish oson.
  • Internet doʻkon doimo qoʻl ostida. Buning uchun internet va Telegramʼning oʻzi kifoya. Qoʻshimcha ilovalarni yuklab olish shart emas. Bu esa foydalanish qulayligini oshirib, mijozlarning sodiqligiga ijobiy taʼsir qiladi.
  • Qulay funksiyalar va sodda boshqaruv. Foydalanuvchilar faqat xarid qilish bilan cheklanmaydi. Ular mahsulotlarni “Tanlanganlar” boʻlimiga qoʻshishi, reaksiyalar va izohlar qoldirishi, havolalarni ulashishi hamda ularga oʻtishi mumkin. Sotuvchilar esa mahsulotlar uchun istalgan rasmlardan foydalanishi, mijozlar bilan muloqot qilishi, foydali maʼlumotlarni ulashishi, veb-sayti va boshqa foydali resurslarga havolalar joylashtirishi mumkin.

Telegram’dagi internet-do‘kon kimlarga mos keladi?

Telegram’dagi do‘kon biznes uchun quyidagi holatlarda ayniqsa samarali boʻladi:

  • mijozlar impulsiv xaridlarni tez-tez amalga oshirsa (masalan, oziq-ovqat yoki chiptalar xaridi, cheklangan muddatli aksiyalar);
  • biznes bilan muntazam va tezkor muloqot talab qilinsa (taksi buyurtma qilish, psixolog qabuliga yozilish, kommunal xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish);
  • murakkab jarayonlarni soddalashtirish zarur boʻlsa (masalan, uskunalarni taʼmirlash uchun buyurtma yuborish);
  • biznes gʻoyasini sinab koʻrish va MVPʼni Google Play yoki App Store uchun mobil ilovaga qaraganda tezroq hamda arzonroq yaratish zarur boʻlganda (muddat va xarajatlar 2–3 baravar farq qiladi).

Agar sizning auditoriyangiz Telegramʼdan faol foydalansa, Telegramʼdagi doʻkon nafaqat toʻliq savdo kanali, balki mijozlar bilan samarali muloqot qilish vositasiga ham aylanishi mumkin.

Telegram doʻkoni uchun eng yaxshi yoʻnalishlari

  • Startaplar va kichik biznes. Kiyim brendlari, mahalliy kosmetika ishlab chiqaruvchilari hamda hunarmandlar.
  • Telegramʼda faol auditoriyaga ega brendlar. Merch mahsulotlarini taklif qiluvchi brendlar, onlayn kursr va infomahsulotlar mualliflari, shuningdek, hamkorlik mahsulotlarini taklif qiluvchi media loyihalar.
  • Sodiq mijozlarga ega maxsus doʻkonlar. Telegramʼdagi doʻkon minglab mahsulotlarni taklif qiladigan gipermarket oʻrnini bosa olmaydi. Biroq kolleksiya buyumlari, eko mahsulotlar, premium aksessuarlar va eksklyuziv taqinchoqlarni sotish uchun juda qulay.
  • Telegramʼdan va mobil aloqadan faol foydalanadigan auditoriyaga ega sohalar. Fashion, bolalar oʻyinchoqlari, uy uchun aksessuarlar, elektronika va beauty mahsulotlari.
  • Raqamli mahsulotlar sotuvchilari. Kompyuter oʻyinlari va ular uchun qoʻshimchalar, onlayn maktablar, foto stoklar va boshqa raqamli mahsulotlar.
  • Marketpleyslarga bog'liq bizneslar. Telegramʼdagi doʻkon orqali savdo qilish marketpleyslar, ularning komissiyalari va hamkorlik shartlariga qaramlikni kamaytirishga yordam beradi. Bu yechim dropshipping bilan shugʻullanuvchilar, kiyim ishlab chiqaruvchilari hamda mahalliy riteylerlar uchun ham mos keladi.

Biznes uchun Telegram Mini App yaratish mahsulotni tanlash, uni savatchaga qoʻshish va toʻlovni amalga oshirish jarayonini sezilarli darajada soddalashtiradi. Bundan tashqari, u marketpleyslarga qaramlikni kamaytirish hamda xaridlar tarixi va foydalanuvchi xatti-harakatlari asosida xarid jarayonini shaxsiylashtirish imkonini beradi. Biroq Telegramʼdagi doʻkon barcha biznes sohalari uchun ham birdek samarali yechim boʻlavermaydi.

Telegramʼdagi internet-do‘kon kimga to‘g‘ri kelmaydi?

Telegramʼdagi doʻkonning koʻplab afzalliklariga qaramay, ayrim hollarda u biznes uchun eng samarali yechim boʻlmasligi mumkin:

  • Biznes auditoriyasi Telegramʼdan faol foydalanmasa. Agar mijozlaringiz boshqa platformalarni afzal koʻrsa, ularni Telegramʼga oʻtkazish oson boʻlmaydi. Bunday vaziyatda doʻkonni auditoriyangiz eng faol foydalanadigan platformada ishga tushirgan maʼqul.
  • Asosiy eʼtibor SEO orqali mijozlarni jalb qilishga qaratilgan boʻlsa. Telegram botlari va Mini Appʼlar brauzer qidiruv natijalarida koʻrinmaydi. Telegramʼning ichki qidiruvi esa ularni nafaqat nomi va tavsifidagi kalit soʻzlar, balki foydalanuvchilar faolligi, kontent sifati va reaksiyalar soniga qarab ham saralaydi.
  • Koʻp sonli mijozlar va SKU bilan ishlaydigan B2B kompaniyalar. Agar assortimentingizda 10 000 dan ortiq SKU va 3 000 dan ziyod diler boʻlsa (masalan, ba’zilari bo‘yoqchilik matosini, boshqalari uy jihozlarini, uchinchilari esa fasad panellarini oladi), savdo jarayonini toʻliq avtomatlashtirish ancha murakkab boʻladi. Bunday hollarda ulgurji savdo uchun moʻljallangan МойСклад'dagi “Onlayn buyurtma” xizmati sizga mos kelishi mumkin.
  • Individual buyurtma asosida sotiladigan murakkab mahsulotlar. Masalan, plastik derazalar, buyurtma asosida tayyorlanadigan mebellar, oʻyin kompyuterlari yoki oshxona mebellari. Bunday mahsulotlarda yakuniy narx, komplektatsiya va bajariladigan ishlar hajmi faqat mutaxassis bilan maslahatlashilgandan yoki oʻlchov ishlari yakunlangandan keyin aniqlanadi. Jarayonning ayrim bosqichlarini avtomatlashtirish mumkin, biroq bu toʻliq funksional onlayn doʻkon oʻrnini bosa olmaydi.
  • Qimmat mahsulotlar va uzoq qaror qabul qilish jarayoniga ega bizneslar. Masalan, koʻchmas mulk agentliklari, premium avtomobillar, lyuks sumkalar yoki zargarlik buyumlari. Bunday hollarda Telegramʼdagi doʻkon ko‘proq mahsulotlar vitrinasi vazifasini bajaradi.

Telegramʼdagi savdo funksiyalari va imkoniyatlari

Telegram Mini App yoki chat-bot yordamida klassik onlayn doʻkonning asosiy funksiyalarini ishga tushirish va qoʻshimcha savdo imkoniyatlaridan foydalanish mumkin.

Telegramʼga moslashtirilgan onlayn doʻkonning standart funksiyalariga savatcha, saralanganlar, mahsulot kartochkalari, chegirmalar va sodiqlik dasturi, buyurtmalarni kuzatish, ekvayring, shuningdek, mahsulotlarni saralash va filtrlash kiradi.

Bundan tashqari, quyidagi imkoniyatlardan ham foydalanish mumkin:

  • geymifikatsiya — sovrinli oʻyinlar, ball evaziga bajariladigan topshiriqlar, interaktiv viktorinalar va kvizlar;
  • avtomatik qoʻllab-quvvatlash — narx, yetkazib berish, toʻlov usullari, mahsulot tarkibi, oʻlchamlar yoki olib ketish punktlari haqidagi tez-tez beriladigan savollarga avtomatik javob berish;
  • tavsiyalar — “Oʻxshash mahsulotlar”, “Sizga ham yoqishi mumkin”, “Bu mahsulot bilan birga xarid qilinadi”;
  • Push-bildirishnomalar — eslatmalar, ragʻbatlantiruvchi, trigger va shaxsiylashtirilgan bildirishnomalar.

Vitrina, auksion yoki jamoaviy xarid: Telegram-botingiz qanday vazifani bajarishi mumkin?

Eng oddiy yechimlardan tortib eng noodatiylarigacha.

Marketpleys, vitrina yoki katalog

Telegramʼdan foydalanishning eng keng tarqalgan usullaridan biri — uni onlayn doʻkon sifatida yoʻlga qoʻyishdir. Buning uchun alohida sayt yoki mobil ilova ishlab chiqish shart emas.

Marketpleys va hamjamiyat

Telegramʼdagi doʻkon savdo va muloqotni birlashtirgan hamjamiyat formatida ham ishlashi mumkin. Bunday yechim ishtirokchilarning turli rollari muhim boʻlgan yoʻnalishlar, masalan, kolleksionerlik, sanʼat va shunga oʻxshash sohalar uchun ayniqsa mos keladi. Masalan, B2C doʻkonida foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtishda oʻz rolini tanlaydi: rassom (muallif va sotuvchi), tomoshabin yoki menejer. Natijada katalog va reyting tizimiga ega, foydalanuvchilar oʻz ishlarini joylashtira oladigan marketpleys yaratiladi.

Xizmat koʻrsatish biznesida rollarni taqsimlash

Rollarni qoʻllab-quvvatlaydigan chat-botlar va Telegram Mini App nafaqat ijodiy yoʻnalishlar uchun foydali. Ular xizmat koʻrsatish sohasidagi turli biznes jarayonlarini avtomatlashtirish uchun ham mos keladi. Masalan:

  • muhandislik xizmatlari (muhandislar, taʼminot mutaxassislari va buyurtmachilar);
  • yuk va avtomobil tashuvlari (haydovchilar, operatorlar va buyurtmachilar);
  • oflayn doʻkonlar hamda qahvaxonalar (savdo menejerlari, rahbarlar va buxgalterlar).

Kichik qahvaxona uchun oddiy avtomatlashtirish misoli: uch nafar menejer va “Smenani ochish”, “Smenani yopish”, “Qoldiqlar” tugmalari. Rahbar har bir xodimning ish natijalarini kuzatishi, ombordagi qoldiqlarni nazorat qilishi hamda mahsulotlarni oʻz vaqtida buyurtma qilib, filialni uzluksiz taʼminlashni yoʻlga qoʻyishi mumkin.

Mahsulotlarni parsing qilish va narxlarni avtomatik qayta hisoblash

Telegram Mini App yordamida mahsulotlarni marketpleyslar, onlayn doʻkon yoki boshqa tashqi platformalardan Telegramʼdagi doʻkonga import qilish mumkin. Import jarayonida narxlarni avtomatik qayta hisoblashni ham sozlash mumkin. Masalan, narxga 10% ustama qoʻshish yoki 15% chegirma qoʻllash. Bu biznes faoliyat yuritayotgan barcha savdo kanallarida (marketpleyslar, onlayn doʻkonlar va hamkorlar saytlarida) narxlar hamda maxsus takliflarni doimo yangilab borishga yordam beradi.

Mini Appʼdagi auksion

B2B sohasi uchun auksion funksiyasiga ega Telegram Mini App ayniqsa dolzarb yechim hisoblanadi. U savdolarni oʻtkazish, stavkalar qoʻyish hamda xarid va sotuv boʻyicha buyurtmalarni rasmiylashtirish imkonini beradi. Bunday format sanoat korxonalari, yetkazib beruvchilar, xarid bo‘limlari va dilerlar uchun qulay, chunki Mini App orqali buyurtmalarni rasmiylashtirish va bitimlarni amalga oshirish anʼanaviy jarayonlarga qaraganda tezroq hamda osonroq.

Nazariy jihatdan Telegramʼdagi auksion kolleksionerlik yoʻnalishlarida ham samarali boʻlishi mumkin. Masalan, numizmatika, filateliya yoki bonistika sohalarida. Biroq buning uchun bitim ishtirokchilari (kolleksiya egalari, xaridorlar, baholovchilar va auksion tashkilotchilari) Telegramʼdan faol foydalanishi muhim.

Telegram-botlardan chakana savdoda menejerlar ishini avtomatlashtirish uchun ham keng foydalaniladi. Masalan, ular dilerlardan buyurtmalarni qabul qilish, mahsulotlarni bazadan topish, oʻxshash variantlarni tanlash va narxlarni hisoblashga yordam beradi. Biroq bunday botni noldan ishlab chiqish va sozlash koʻp vaqt hamda resurs talab qiladi.

Shu sababli ishni boshidanoq hisob tizimini joriy etib, asosiy jarayonlarni avtomatlashtirgan maʼqul: kontragentlardan narxlar va buyurtmalarni olish, narxlar va qoldiqlarni yangilash, tovarlarning analoglari va modifikatsiyalarini tanlash, hisob-kitob hujjatlarini shakllantirish. Hisob uchun alohida bot yaratish shart emas, Hisob jarayonlarini avtomatlashtirish uchun botni noldan ishlab chiqish shart emas, buning uchun tayyor МойСклад yechimi mavjud.

МойСкладʼni bepul
sinab koʻrish

Telegram'da doʻkon yaratish: bosqichma-bosqich yoʻriqnoma

Agar Telegramʼda doʻkon ochmoqchi boʻlsangiz, avvalo uning formatini tanlang: Telegram Mini App yoki chat-bot.

  • Telegram Mini App — messenjer ichida alohida veb-sahifa sifatida ochiladi;
  • chat-bot — Telegramʼda biznes yuritish uchun klassik yechim.

Umuman olganda, jarayon ikki asosiy bosqichdan iborat: avval bot yaratiladi (bu har ikkala format uchun ham bir xil), soʻng doʻkon sozlanadi (bu tanlangan konstruktor yoki xizmatga bogʻliq). Batafsil ketma-ketlik quyidagicha:

  1. @BotFather yordamida bot yarating va API tokenini oling. Bu faqat sizning xizmatingizni identifikatsiya qiladigan noyob kalit hisoblanadi.
  2. Doʻkon yaratish uchun mos konstruktor yoki servisni tanlang.
  3. Botni tanlangan konstruktor yoki servisga ulang va API tokeni orqali avtorizatsiyadan oʻting.
  4. Konstruktor yoki servisda doʻkon dizayni, tavsifi va asosiy sozlamalarini belgilang.
  5. Mahsulotlarni qoʻlda yoki mahsulot fidi (feed) orqali qoʻshing.
  6. Toʻlov tizimlarini ulang, yetkazib berish va onlayn-kassani sozlang.
  7. Doʻkonni ishga tushiring va uning toʻgʻri ishlashini tekshiring.
  8. Telegram kanallari, xabarlar tarqatish, reklama va boshqa marketing vositalari orqali doʻkonni targʻib qiling.

Umumiy bosqich: @BotFather orqali bot yaratish

МойСклад
МойСклад
  1. Telegram ilovasini oching va qidiruv orqali @BotFather botini toping. Bot nomi yonida tasdiqlash belgisi boʻlishi kerak, bu Telegramʼning rasmiy boti.
  2. Botni ishga tushiring va /newbot buyrugʻini tanlang.
  3. Avval doʻkoningiz nomini kiriting. Uni kirill yoki lotin alifbosida yozishingiz mumkin.
  4. Soʻng @ belgisi bilan yoziladigan bot usernameʼini kiriting. Username lotin alifbosida yozilishi va bot soʻzi bilan tugashi kerak.
  5. Tayyor. Bot yaratilgach, siz uning manzili va API tokenini olasiz.

Xuddi shu tartibda bir nechta doʻkon uchun alohida botlar yaratishingiz mumkin.

Konstruktorni tanlash

Botobot — Telegram'da onlayn doʻkon yaratish uchun moʻljallangan maxsus konstruktor. U yordamida chat-botni tez yaratish, mahsulotlarni yuklash, buyurtma bosqichlarini sozlash, toʻlov va yetkazib berishni ulash mumkin. Shuningdek, xizmat tayyor shablonlar, qulay interfeys va sinab koʻrish uchun demo-botni taklif etadi.

TgShop — Telegram'da doʻkon yaratish platformasi. U orqali tugmali chat-botni ham, Telegram Mini App formatidagi onlayn doʻkonni ham ishga tushirish mumkin. Bepul sinov muddati mavjud.

Chatforma — internet-doʻkonlar uchun ham mos keladigan universal chat-bot konstruktori. U mahsulot katalogini yaratish, buyurtmalarni rasmiylashtirish va CRM bilan integratsiyani qoʻllab-quvvatlaydi. Bundan tashqari, bot menyusini sozlash hamda matn kiritish maydoni ostiga shaxsiy tugmalarni qoʻshish imkonini beradi.

Boshqa servislar. Shuningdek, PuzzleBot, TeleBiz va AdGram (Admaker) platformalarini ham koʻrib chiqishingiz mumkin. Konstruktorni tanlashda u qoʻllab-quvvatlaydigan mahsulotlar soni, kerakli toʻlov shlyuzlari mavjudligi va interfeysning qulayligini taqqoslang.

Bunday servislarning aksariyati bir xil tamoyil asosida ishlaydi: avval roʻyxatdan oʻtasiz, keyin @BotFather orqali yaratilgan botni API token yordamida ulaysiz va doʻkonni veb-interfeys orqali sozlaysiz. Sozlash yakunlangach, doʻkon darhol buyurtmalarni qabul qilishga tayyor boʻladi. Platforma shartlariga qarab oylik abonent toʻlovi yoki savdolardan komissiya toʻlanadi. Biroq barcha servislar ham hisob tizimi bilan integratsiyani taklif qilmaydi. Bu esa savdo jarayonlarini samarali boshqarishda muhim ahamiyatga ega.

Telegram'dagi doʻkon uchun hisob tizimi bilan integratsiya muhim. Bu mahsulotlarning dolzarb qoldiqlari va narxlarini olish, shuningdek, xaridorlar buyurtmalarini avtomatik uzatish imkonini beradi. Buni keyinga qoldirmang, mahsulotlaringizni МойСклад tizimiga hoziroq kiriting. Shunda Telegram'dagi onlayn doʻkoningizni ishga tushirish yoʻlidagi asosiy ishlar allaqachon bajarilgan boʻladi.

МойСкладʼni sinab koʻrish

Telegram'da doʻkon yaratishning har ikkala usulini — Telegram Mini App va tugmali katalogni — МойСклад yechimlar doʻkonidagi ilovalar misolida koʻrib chiqamiz.

Vitrina” konstruktori yordamida Telegram Mini App yaratish

Ilovani oʻrnatishdan oldin mahsulotlarni МойСклад tizimiga kiriting, ularga narx belgilang va omborga qabul qiling. Ilova oʻrnatilgach, ushbu maʼlumotlar avtomatik ravishda konstruktorga uzatiladi.

1-qadam. Ilovani oʻrnating.

МойСклад

2-qadam. “Vitrina”da roʻyxatdan oʻting.

МойСклад

3-qadam. “Vitrina”da roʻyxatdan oʻtishda ko‘rsatgan e-mail manzilingiz va parolingizni kiriting.

МойСклад

4-qadam. Barcha kerakli maydonlarni toʻldiring va sinxronizatsiyani ishga tushiring.

МойСклад
МойСклад

Шаг 5. 5-qadam. Konstruktor ichida sinxronlashtirilgan mahsulotlarni tekshiring. Odatda ular 5 daqiqa ichida aks etadi. Agar ayrim mahsulotlar yoki narxlar koʻrinmasa, ularni qoʻlda yangilashingiz mumkin.

МойСклад

Konstruktor ichida mahsulot kartochkalarini ham tahrirlash mumkin.

МойСклад

6-qadam. Onlayn toʻlovlar va yetkazib berish xizmatini ulang.

7-qadam. Mahsulotlar koʻrinishini va boshqa sozlamalarni moslang.

МойСклад
МойСклад

Tayyor doʻkon xaridor uchun quyidagicha koʻrinadi:

МойСклад
МойСклад

Shundan soʻng buyurtmalar “Vitrina” saytiga kelib tushadi va u yerda ularning barcha tafsilotlarini koʻrishingiz mumkin.

МойСклад

“Vitrina” МойСклад tizimida buyurtmalarni yaratishni, shuningdek, chat-bot orqali onlayn toʻlov amalga oshirilganda buyurtmaga bogʻlangan toʻlovlarni avtomatik yaratishni qoʻllab-quvvatlaydi.

Mahsulot qoldiqlari МойСклад tizimida yangilangach, ular “Vitrina”da ham avtomatik yangilanadi. Masalan, joʻnatma rasmiylashtirilganda yoki inventarizatsiya oʻtkazilganda qoldiqlar avtomatik ravishda yangilanadi. Bundan tashqari, sinxronizatsiya fon rejimida har kuni avtomatik amalga oshirilishi mumkin.

Afzalliklari:

  • Ishga tushirish jarayoni sodda: interfeys intuitiv va tushunarli, kerakli maʼlumotlarni esa yoʻriqnomadan osongina topish mumkin.
  • Toʻlov va yetkazib berishni qulay tarzda sozlash imkoniyati.
  • Telegram Mini App vizual jihatdan tartibli va puxta ishlab chiqilgan.
  • Moslashtirish va tahrirlash imkoniyatlari keng.
  • Tarif va integratsiya imkoniyatlarini inobatga olganda, narxi maqbul.

Agar mijoz sayt orqali buyurtma bersa, u МойСклад tizimida avtomatik ravishda buyurtma sifatida yaratilmaydi. Shu sababli “Vitrina” orqali kelgan buyurtmani va keyinchalik mahsulot qoldiqlarini ham qoʻlda yangilash kerak boʻladi.

Xulosa qilib aytganda, ushbu yechimda МойСклад hisob tizimi vazifasini bajaradi, doʻkon vitrinasi esa tashqi konstruktor yordamida yaratiladi va boshqariladi.

Xulosa: agar doʻkoningiz uncha katta boʻlmasa va siz uchun qulay hamda zamonaviy interfeys, shuningdek, toʻlov va yetkazib berishning turli usullari muhim boʻlsa, “Vitrina” sizga mos keladi. Bu uning eng kuchli jihatlaridan biridir.

МойСклад asosida “Telegram'dagi doʻkon” Mini Appini yaratish

Ilovani oʻrnatishdan avval mahsulotlarni МойСклад tizimiga kiriting, ularga narx belgilang va ombor hisobiga qabul qiling. Ilova oʻrnatilgach, mahsulotlar, narxlar va ombordagi qoldiqlar avtomatik sinxronlashtiriladi.

1-qadam. Ilovani oʻrnating.

МойСклад

2-qadam. Kerakli maydonlarni sozlang. Bu bosqichda asosan tugmalar rangi sozlanadi. Muhim: yetkazib berish usullarini har birini alohida satrda kiriting, shunda ular botda alohida variantlar sifatida aks etadi. Quyidagi yoʻriqnoma boʻyicha foydalanuvchilardan xabarlarniqabul qilish uchun identifikatorni ulang.

МойСклад

Hammasi tayyor :) Endi savdoni boshlashingiz mumkin. Xaridor uchun botdagi doʻkon quyidagicha koʻrinadi:

МойСклад
Taʼkidlash joizki, Mini App kompyuterda ochilganda messenjer oynasi ustida kichik qalqib chiquvchi oyna koʻrinishida ishlaydi. U, avvalo, mobil qurilmalar uchun moʻljallanganligi sababli, undan smartfonda foydalanish ancha qulay.

Foydalanuvchi mahsulotlarni koʻzdan kechiradi, kerakli miqdorni tanlaydi va buyurtmani Telegramʼning oʻzida rasmiylashtiradi. Eʼtibor bering: bu yerda sharlar bilan birga lyureksli tasma ham koʻrsatilgan. Bu ilovaning oʻziga xos jihati, buning sababini quyida izohlaymiz.

МойСклад
МойСклад

Bu yerda men bir vaqtning oʻzida ham sotuvchi, ham sinov xaridori rolini bajaryapman. Koʻrib turganingizdek, buyurtma darhol МойСклад tizimiga kelib tushadi.

МойСклад

Buyurtma servis ichida ochilganda, unga kiritilgan barcha maʼlumotlar avtomatik yuklanadi. Shundan soʻng toʻlov uchun hisobni rasmiylashtirish mumkin.

МойСклад

Toʻlov havolasini ochganda, xaridor quyidagi sahifani koʻradi:

МойСклад

Xulosa: bu МойСклад asosida ishlaydigan tayyor yechim boʻlib, qoʻshimcha servislarni ulashni talab qilmaydi. Uni ishga tushirish juda oson, sozlamalar minimal. Mahsulotlarni МойСклад tizimiga kiritish, ombor hisobiga qabul qilish va maʼlumotlarni sinxronlashtirish kifoya. Shu bois yechim kichik onlayn doʻkonlar uchun ayniqsa qulay.

Afzalliklari:

  • mahsulotlarning amaldagi qoldiq miqdori toʻgʻri aks ettiriladi;
  • buyurtmadagi mahsulotlar avtomatik ravishda zaxiraga olinadi;
  • buyurtma darhol МойСклад tizimiga tushadi.

Kamchiliklari:

  • barcha mahsulot rasmlari va tavsiflari yuklanmaydi;
  • sozlamalar soni kam, ularning ayrimlari intuitiv tushunarli emas;
  • maʼlumotlarni faqat mavjud barcha mahsulotlar yoki butun ombor boʻyicha olish mumkin.

Oxirgisi boʻyicha alohida taʼkidlash lozim. Agar МойСклад tizimida keng qamrovli hisob yuritilsa va unda asosiy mahsulotlardan tashqari sarf materiallari yoki ichki foydalanish uchun moʻljallangan mahsulotlar ham mavjud boʻlsa, ular “mavjud” holatida Telegram'dagi doʻkon katalogida ham aks etishi mumkin. Masalan, yuqoridagi misoldagi lyureksli tasma ham katalogda koʻrinadi, aslida esa u yerda boʻlmasligi kerak. Bunday holatda omborlar yoki mahsulotlarni moslashuvchan tarzda filtrlash imkoniyati mavjud emas.

Xulosa: bu yechim assortimenti cheklangan kichik onlayn doʻkonlar uchun mos keladi. Bunda МойСклад tizimida faqat sotuvga moʻljallangan mahsulotlar hisobga olinadi. Ish jarayoni quyidagicha: mahsulot omborga qabul qilinadi → ombor hisobiga kiritiladi → maʼlumotlar sinxronlashtiriladi. Agar assortiment keng yoki hisob jarayonlari murakkabroq boʻlsa, boshqa yechimlarni tanlagan maʼqul.

Telegram-doʻkon yaratish uchun qaysi yechimni tanlagan maʼqul?

Kerakli yechimni tanlash osonroq boʻlishi uchun maqoladagi asosiy jihatlarni qisqacha tizimlashtirdik.

Telegram'da doʻkon yaratish usuli Qanday ishlaydi Qaysi vazifalar uchun mos Assortiment Tashqi servislar kerakmi Dasturchi kerakmi Avtomatlashtirish darajasi
Kanal + tugmalar / bot havolasi Mahsulotlar kanalga joylanadi, ularga “Sotib olish” tugmasi yoki bot havolasi qoʻshiladi. Buyurtmalar shaxsiy xabarlarda qabul qilinadi Buyurtmalarni qabul qilish va qoʻlda sotish Cheklangan assortiment, buyurtmalarni qoʻlda qayta ishlash Bot havolasi kerak boʻlishi mumkin Yoʻq Past: sotuvchi barcha murojaatlarga qoʻlda javob beradi, toʻliq internet-doʻkon emas.
Konstruktor Telegram-botni ulaysiz va uni shaxsiy kabinet orqali sozlaysiz: katalog, mahsulot kartalari, buyurtmani rasmiylashtirish bosqichlari, toʻlov va yetkazib berish. Bot mijoz maʼlumotlarini yigʻadi va buyurtmalarni yuboradi Doʻkonni dasturchisiz tez ishga tushirish Kichik assortiment (masalan, kiyim-kechak, kosmetika, aksessuarlar) Toʻlov va yetkazib berishni xizmatini ulash mumkin Yoʻq Yuqori: buyurtmani rasmiylashtirish jarayoni avtomatlashtirilgan, bot maʼlumotlarni oʻzi yigʻadi.
WebApp Telegram ichidagi mini-ilova boʻlib, internet-doʻkon kabi ishlaydi: mahsulot kartalari, filtrlar, savatcha va toʻlov shakllari mavjud Qulay interfeys + avtomatlashtirish Keng assortiment, koʻp sonli mahsulotlar, tez-tez buyurtmalar va doimiy mijozlar Toʻlov va yetkazib berish Doʻkonning murakkabligiga bogʻliq Yuqori: doʻkon toʻliq e-commerce interfeysi sifatida ishlaydi.
Telegram Bot API Telegram'ning rasmiy vositasi: dasturchi botni noldan ishlab chiqadi, buyurtmani rasmiylashtirish mantiqini yaratadi, tashqi servislarni ulaydi hamda toʻlov, yetkazib berish va avtorizatsiyani sozlaydi. Siz esa tizim mantigʻi, interfeys, toʻlovlar va maʼlumotlarni saqlashni boshqarasiz. Toʻliq nazorat va moslashuvchanlik Assortiment haqida maʼlumot yoʻq CRM, toʻlov va yetkazib berish Ha Maksimal: barchasi amalga oshirilgan mantiqqa bogʻliq, istalgan funksiyani joriy etish mumkin.

Asosiy xatolar tahlili: nega savdo boʻlmayapti?

Telegram-botda katalog, tugmalar va mahsulot kartochkalari boʻlsa ham, bu hali savdolar boʻladi degani emas. Koʻpincha muammo xarid jarayonidagi mayda, ammo muhim tafsilotlarda boʻladi. Quyidagi jihatlarni tekshirib chiqing.

1. Mahsulotlarni topish qulaymi?

Assortiment keng boʻlsa, qidiruv yoki filtrlashsiz kerakli mahsulotni topish qiyin. Natijada xaridor vaqtini behuda sarflamay, boshqa sotuvchini tanlashi mumkin. Mahsulot nomi yoki toifasi boʻyicha qidiruvni yoqing.

2. Mahsulot kartochkasida yetarli maʼlumot bormi?

Bitta suratning oʻzi yetarli emas. Xarakteristikalari, oʻlchami, tarkibi, qaytarish shartlari va boshqa muhim maʼlumotlarni kiriting. Mahsulot kartochkasi qancha batafsil boʻlsa, xaridorning xarid qilish qarorini qabul qilishi shuncha oson boʻladi.

3. Narx aniq koʻrsatilganmi?

Mahsulot narxi kartochkaning oʻzida koʻrinib turishi kerak. Buyurtmani rasmiylashtirish bosqichida narx oʻzgarmayotganiga ishonch hosil qiling. Shuningdek, yetkazib berish xarajati hisobga olingan yakuniy summani oldindan koʻrsatish tavsiya etiladi, bu xaridorning savatni tark etish ehtimolini kamaytiradi.

4. Doʻkon havolasini topish osonmi?

Hatto doimiy mijozlar ham bot havolasini qayerdan topishni unutishi mumkin. Uni kanal tavsifiga joylashtiring, menyuga alohida tugma qoʻshing yoki QR-koddan foydalaning. Bu takroriy buyurtmalar sonini oshirishga yordam beradi.

5. Bot toʻgʻri ishlayaptimi?

Sinov tariqasida buyurtmani boshidan oxirigacha rasmiylashtirib koʻring. Tugmalar toʻgʻri ishlayotganini, onlayn toʻlov ulanganini va bildirishnomalar oʻz vaqtida yetib kelayotganini tekshiring. Shuningdek, xaridor oʻz savollariga tezkor javob olishi uchun avtomatik javoblarni sozlang, menejerlar uchun bildirishnomalarni yoqing yoki administratorning aloqa maʼlumotlarini qoʻshing. Muhimi, xarid jarayonida xaridorni doʻkonni tark etishga majbur qiladigan hech qanday toʻsiq qolmasligi kerak.

6. Analitika mavjudmi?

Aksariyat konstruktorlar va Telegram Mini App doʻkonlarida ichki analitika mavjud. Uning yordamida sahifa koʻrishlari, bosishlar, konversiyalar, eng ommabop mahsulotlar hamda foydalanuvchilar xarid jarayonining qaysi bosqichida chiqib ketayotganini kuzatish mumkin. Agar bunday imkoniyat boʻlmasa, tashqi analitika vositalarini ulang yoki hech boʻlmaganda havolalarga UTM-belgilarni qoʻshing. Maʼlumotlarsiz nima natija berayotganini, nima esa kutilgan samarani bermayotganini aniqlay olmaysiz.

Xulosa

Agar biznesingizning maqsadli auditoriyasi Telegramdan foydalanmasa, Telegram'da doʻkon yaratish kutilgan natijani bermaydi. Hatto auditoriyangiz messenjerda faol boʻlsa ham, doʻkonni reklama qilish va xaridorlarni jalb etish ustida muntazam ishlash kerak.

Telegram'da doʻkonni ishga tushirish koʻp vaqt ham, katta mablagʻ ham talab qilmaydi (dastlabki savdolarni bir necha soat ichida yoʻlga qoʻyish mumkin). Biroq doʻkonni ishga tushirishning oʻzi yetarli emas. Savdoni oshirish uchun uni muntazam rivojlantirish, mijozlar ehtiyojiga moslashtirish va xizmatni takomillashtirib borish zarur.

Boshlanishida biznesingizga mos formatni tanlang. Assortimenti cheklangan doʻkonlar uchun konstruktor asosidagi katalog-bot yetarli boʻlishi mumkin. Mahsulotlari koʻp va takroriy buyurtmalar ulushi yuqori bizneslar uchun esa savat, onlayn toʻlov va boshqa qoʻshimcha imkoniyatlarni qoʻllab-quvvatlaydigan Telegram Mini App maqsadga muvofiq. Shuni ham unutmangki, Telegram'dagi doʻkon oʻz-oʻzidan mijoz olib kelmaydi. Buning uchun reklama, foydali kontent va boshqa marketing vositalaridan foydalanish kerak.

Qoldiqlarni sinxronlashtirish, buyurtmalarni avtomatlashtirish va savdo jarayonlarini samarali boshqarish uchun hisob tizimini (masalan, МойСклад) ulang. Shuningdek, onlayn toʻlovlarni qabul qilish va elektron cheklarni yuborishni ham sozlang. Barcha jarayonlar toʻgʻri yoʻlga qoʻyilsa, Telegram'dagi doʻkon biznes uchun qulay va samarali savdo kanaliga aylanishi mumkin.

Savdolar statistikasini hamda mijozlar fikr-mulohazalarini muntazam tahlil qiling. Bu kamchiliklarni oʻz vaqtida aniqlash, mahsulotlar boʻyicha qidiruvni takomillashtirish, tavsiflarni toʻldirish va boshqa zarur oʻzgarishlarni kiritish orqali savdo samaradorligini oshirishga yordam beradi.

Telegram orqali savdo qilish bo‘yicha savol-javoblar

Eng ko‘p beriladigan savollarga javoblar.

Telegram Mini App (WebApp) — bu Telegram ichida ishlaydigan veb-ilova. U alohida dastur sifatida oʻrnatilmaydi: foydalanuvchi havolani bosishi bilan mini-ilova messenjerning oʻzida, toʻliq ekran rejimida ochiladi. Mini App odatiy veb-saytga nisbatan kengroq imkoniyatlarga ega. Masalan, u foydalanuvchining Telegram profilidagi maʼlumotlardan foydalanib avtorizatsiya va buyurtmani rasmiylashtirish jarayonini soddalashtirishi mumkin.

Bundan tashqari, ilova qurilma haqidagi ayrim texnik maʼlumotlardan ham foydalanishi mumkin. Sodda qilib aytganda, Telegram Mini App — bu Telegram ichiga oʻrnatilgan, oʻz interfeysiga ega internet-doʻkon. U odatiy mobil ilova yoki veb-saytga oʻxshaydi va bevosita Telegram orqali ochiladi.

Ha, kerak. Elektron tijoratda savdo jarayoni ommaviy ofertani joylashtirish va xaridor tomonidan uni qabul qilish (aksept) asosida amalga oshiriladi. Shu sababli Telegram'dagi doʻkon uchun savdo, toʻlov, yetkazib berish hamda tovarni qaytarish shartlarini oldindan tayyorlab, ochiq eʼlon qilish muhim. Odatda ommaviy oferta saytga yoki onlayn hujjatga joylashtiriladi, uning havolasi esa doʻkon yoki bot tavsifida koʻrsatiladi.

Ommaviy oferta shartnomasida sotuvchi va mahsulot nomi, tovar yoki xizmatning batafsil tavsifi, narx va toʻlov shartlari, yetkazib berish yoki xizmatni koʻrsatish tartibi, tovarni qaytarish va almashtirish qoidalari, xaridor hamda sotuvchining huquq va majburiyatlari, shuningdek tomonlarning rekvizitlari koʻrsatilishi lozim.

Onlayn toʻlovlarni qabul qilishda bunday hujjat majburiy hisoblanadi. Aksariyat toʻlov tizimlari doʻkonni ulash jarayonida ommaviy oferta havolasini taqdim etishni talab qiladi. Agar sizda hali bunday hujjat tayyor boʻlmasa, uni oldindan tayyorlab qoʻying. Bu Telegram orqali savdoni yuridik jihatdan toʻgʻri tashkil etishga yordam beradi.

Telegram'dagi doʻkonni targʻib qilish internet-doʻkonni rivojlantirishdan deyarli farq qilmaydi. Farqi shundaki, mijozlar bilan muloqot asosan Telegram orqali olib boriladi. Quyidagi usullar eng yaxshi natija beradi:

  • Oʻz Telegram-kanalingiz yoki guruhingizni rivojlantiring. Brendingiz uchun kanal yarating va unda yangi mahsulotlar, aksiyalar, foydali maslahatlar hamda auditoriyangizni qiziqtiradigan kontentni muntazam eʼlon qilib boring. Kanal tavsifiga Telegram-bot yoki Telegram Mini App havolasini joylashtiring, shunda foydalanuvchilar mahsulotni darhol buyurtma qilishi mumkin boʻladi.
  • Tematik kanallar va blogerlarda reklama joylashtiring. Faoliyatingizga mos Telegram kanallari bilan hamkorlik qiling yoki reklama joylashtiring. Reklama kampaniyalarini Telegram Ads yoki reklama birjalari orqali ham ishga tushirish mumkin. Reklama foydalanuvchini shunchaki kanalingizga emas, balki aniq mahsulot, toifa yoki maxsus taklif sahifasiga olib borishi maqsadga muvofiq. Bu xarid qilish ehtimolini oshiradi.
  • Tanlov va aksiyalar oʻtkazing. Sovrinli tanlovlar, viktorinalar va boshqa faolliklar auditoriya qiziqishini oshiradi. Masalan, repost yoki doʻstlarini taklif qilgan foydalanuvchilarga chegirma yoki sovgʻa taqdim etishingiz mumkin. Bu yangi auditoriyani jalb qilishga yordam beradi.
  • Boshqa platformalardan foydalaning. Agar sizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaringiz yoki veb-saytingiz faol boʻlsa, u yerdan Telegram'dagi doʻkonga foydalanuvchilarni yoʻnaltiring. Havolalarni koʻrinadigan joyga joylashtiring, Telegram orqali xarid qilishning afzalliklarini tushuntiring va kerak boʻlsa, saytga Telegram chati tugmasi yoki vidjetini qoʻshing.
  • Auditoriya bilan doimiy aloqada boʻling. Bot orqali xabarlar yuboring (foydalanuvchi roziligi bilan) yoki kanalda muntazam postlar eʼlon qiling. Yangi mahsulotlar, mavsumiy aksiyalar va mijozlar fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashing. Kanalni faqat mahsulot va narxlar roʻyxatiga aylantirmang, foydali hamda qiziqarli kontent ham ulashing. Auditoriya bilan muntazam muloqot mijozlar sodiqligini oshiradi va takroriy xaridlar sonining koʻpayishiga xizmat qiladi.

Ha, kerak. Oʻzbekistonda “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonun shaxsga doir maʼlumotlarni axborot texnologiyalaridan foydalangan holda qayta ishlashga ham tatbiq etiladi. Agar doʻkon xaridorning ismi, telefon raqami, manzili va boshqa shaxsga doir maʼlumotlarini yigʻsa, maxfiylik siyosatini tayyorlab, shaxsga doir maʼlumotlarni qayta ishlash tartibini oldindan belgilab qoʻyish zarur.

Maxfiylik siyosatida qanday maʼlumotlar yigʻilishi, ular nima maqsadda ishlatilishi, qanday saqlanishi va himoya qilinishi, shuningdek xaridorning oʻz maʼlumotlariga doir huquqlari aniq koʻrsatilishi kerak. Maxfiylik siyosatining mavjud emasligi qonun talablarini buzish hisoblanadi va javobgarlikka sabab boʻlishi mumkin.

Shu sababli, doʻkon faqat Telegramda ishlasa ham, maxfiylik siyosatiga havolani bot tavsifida yoki “Doʻkon haqida” boʻlimida joylashtiring. Siyosatda foydalanuvchilardan qanday maʼlumotlar olinishi, ular qanday maqsadda ishlatilishi, uchinchi shaxslarga (masalan, kuryerlik xizmatiga) uzatilishi yoki uzatilmasligi batafsil koʻrsatilishi kerak. Shuningdek, xaridor oʻz maʼlumotlarini oʻchirish yoki ularni qayta ishlashga bergan roziligini bekor qilish uchun siz bilan qanday bogʻlanishi mumkinligini ham yozing.

Tushunarli va ochiq eʼlon qilingan maxfiylik siyosati mijozlar ishonchini oshiradi hamda nazorat organlari tomonidan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan eʼtirozlar xavfini kamaytirishga yordam beradi.

Telegram botlari va Telegram Mini App orqali uchinchi tomon toʻlov provayderlari yordamida onlayn toʻlovlarni qabul qilish mumkin. Amalda esa tanlagan konstruktor yoki oʻzingiz ishlab chiqqan integratsiya qaysi toʻlov tizimlari, toʻlov shlyuzlari va toʻlov usullarini qoʻllab-quvvatlashini oldindan tekshirish muhim.

Oʻzbekiston bozorida faoliyat yuritayotgan biznes uchun faqat texnik integratsiyani emas, balki toʻlov jarayonining qanday ishlashini ham oldindan tekshirish zarur. Jumladan, toʻlov qanday tasdiqlanishi, xaridor virtual kassa orqali elektron chekni qanday olishi va buyurtma maʼlumotlari hisob tizimiga qanday uzatilishiga eʼtibor bering.

Agar mahalliy bozorda ishlayotgan boʻlsangiz, Payme Business yoki Click Business kabi mahalliy biznes yechimlarini ham koʻrib chiqish mumkin. Bunda ular siz tanlagan integratsiya va ishlash ssenariysiga mos kelishi muhim. Shu bilan birga, Telegram Bot Payments orqali amalga oshiriladigan toʻlovlar uchun komissiya olmaydi va foydalanuvchilarning toʻlov maʼlumotlarini saqlamaydi.

Elektron cheklarni berish uchun onlayn kassani ham ulashni unutmang. Koʻplab toʻlov agregatorlari onlayn kassa sozlamalarini kiritganingizdan soʻng, toʻlov amalga oshirilishi bilan elektron chekni avtomatik ravishda rasmiylashtirish imkonini beradi.

Natijada xaridor mahsulotni bir necha bosish orqali xarid qilishi, siz esa mablagʻni hisob raqamingizga amaldagi qonunchilikka muvofiq qabul qilishingiz mumkin.

Ha, mumkin. Telegram'da alohida veb-saytga ega boʻlmasdan ham doʻkon ishga tushirish mumkin. Buning uchun tadbirkorlar odatda katalog va tugmalar asosida ishlaydigan Telegram-bot yoki Telegram Mini App (Web App) formatini tanlaydi.

Bunday yechim internet-doʻkonni tez ishga tushirish, talabni sinab koʻrish va dastlabki buyurtmalarni katta xarajatlarsiz qabul qilish imkonini beradi. Biroq alohida veb-saytingiz boʻlmasa ham, mahsulot tavsiflari, narxlar, toʻlov usullari, yetkazib berish shartlari, sotuvchining aloqa maʼlumotlari hamda mijozlar bilan ishlash uchun zarur hujjatlarni oldindan tayyorlab qoʻyish muhim.

Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan biznes uchun bu ayniqsa muhim. Chunki onlayn savdo faqat mahsulotlarni namoyish etish bilan cheklanmaydi. Elektron toʻlovlarni qabul qilish, xaridorga elektron chek yuborish va uning shaxsga doir maʼlumotlarini qonunchilik talablariga muvofiq qayta ishlash ham muhim ahamiyatga ega. Elektron tijorat toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq, virtual kassadan foydalanish va xaridorga elektron chek taqdim etish majburiy hisoblanadi.

Agar Telegram'da doʻkonni tez va kam xarajat bilan ishga tushirmoqchi boʻlsangiz, avval Telegram-botdan boshlash osonroq. Bu variant katalogi katta boʻlmagan doʻkonlar, cheklangan assortiment va oddiy buyurtma berish jarayoni uchun mos keladi. Agar esa qulay savatcha, tushunarli interfeys, mahsulot kartalarining jozibali koʻrinishi hamda internet-doʻkonlarga xos xarid qilish jarayoni muhim boʻlsa, Telegram Mini Appni tanlagan maʼqul.

Telegram'ning rasmiy maʼlumotlariga koʻra, Mini Apps messenjerdan chiqmasdan turib odatiy veb-sayt oʻrnini bosa oladi. Ular foydalanuvchini avtorizatsiya qilishni, bildirishnomalarni hamda uchinchi tomon toʻlov provayderlari orqali toʻlovlarni qoʻllab-quvvatlaydi. Shu sababli assortimenti kengayib borayotgan, takroriy xaridlarga tayanadigan va xaridorlar uchun qulay interfeys muhim boʻlgan bizneslar uchun Telegram Mini App odatda tugmalar asosida ishlaydigan klassik Telegram-botga qaraganda afzalroq yechim hisoblanadi.

Ha, mumkin. Buning uchun Telegram-bot yoki Telegram Mini App'ga Telegram Payments API orqali toʻlov provayderi ulanadi. Bunda Telegram toʻlov operatori sifatida ishlamaydi: barcha toʻlovlar uchinchi tomon toʻlov provayderlari orqali amalga oshiriladi, komissiya esa tanlangan provayder shartlariga bogʻliq boʻladi.

Oʻzbekistondagi biznes uchun tanlangan konstruktor yoki integratsiya qaysi toʻlov tizimlarini qoʻllab-quvvatlashini oldindan tekshirish muhim. Mahalliy bozorda Payme Business va Click Business kabi onlayn toʻlov xizmatlari keng tarqalgan. Ularni veb-sayt, mobil ilova yoki Telegram-bot bilan integratsiya qilish mumkin.

Ishga tushirishdan oldin nafaqat texnik integratsiyani, balki toʻlov jarayonining qanday tashkil etilganini ham oldindan tekshirish muhim. Jumladan, toʻlov qanday tasdiqlanishi, xaridor elektron chekni qanday olishi, toʻlov haqidagi bildirishnomalar qayerga yuborilishi va buyurtma maʼlumotlari hisob tizimiga qanday uzatilishiga eʼtibor bering.

Ha, kerak. Agar doʻkoningiz xaridorlarning shaxsga doir maʼlumotlarini, masalan, ismi, telefon raqami, manzili, yetkazib berish boʻyicha izohi yoki buyurtmalar tarixini yigʻsa, maxfiylik siyosati boʻlishi zarur. Savdo alohida veb-sayt orqali emas, balki Telegram orqali amalga oshirilayotgan boʻlsa ham, siz baribir mijozning shaxsga doir maʼlumotlarini qayta ishlaysiz.

Shu sababli qanday maʼlumotlar yigʻilishi, ular nima maqsadda ishlatilishi, kimlarga uzatilishi hamda xaridor oʻz maʼlumotlariga oid masalalar boʻyicha siz bilan qanday bogʻlanishi mumkinligi tushunarli tarzda bayon qilingan maxfiylik siyosatida aniq koʻrsatilishi kerak.

Oʻzbekistonda bu ayniqsa muhim. Chunki “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonun axborot texnologiyalari orqali jismoniy shaxslarga oid maʼlumotlarni qayta ishlashni tartibga soladi hamda shaxsga doir maʼlumotlar subyektining huquqlariga rioya etishni talab qiladi. Shu bois Telegram'dagi doʻkoningiz kichik boʻlsa ham yoki faqat chat yoxud Telegram Mini App orqali ishlasa ham, maxfiylik siyosati va shaxsga doir maʼlumotlarni qayta ishlashning aniq tartibi boʻlishi zarur.

Ha, kerak. Hatto Telegram'dagi doʻkoningiz kichik boʻlsa ham, mahsulotlar hisobini yuritmasangiz, muammolar tez orada yuzaga keladi: katalogda amalda mavjud boʻlmagan mahsulotlar qolib ketadi, xaridor omborda qolmagan mahsulotga buyurtma beradi, menejer buyurtma holatlarini adashtirib yuboradi, qoldiqlarni esa qoʻlda tekshirishga toʻgʻri keladi. Dastlab bunday holatlar unchalik jiddiy muammo boʻlib tuyulmasligi mumkin, biroq mijozlar va buyurtmalar soni ortgani sayin qoʻlda ishlash biznes rivojiga toʻsqinlik qila boshlaydi.

Shu sababli doʻkonni mahsulotlar hisobi tizimi bilan integratsiya qilishni boshidanoq rejalashtirgan maʼqul. Shunda qoldiqlar, narxlar, buyurtma holatlari va buyurtmalar haqidagi maʼlumotlar avtomatik ravishda yangilanib boradi. Bu, ayniqsa, savdo kanalini rivojlantirish, ommaviy xabarlar yuborishni yoʻlga qoʻyish, reklama kampaniyalarini ishga tushirish va assortimentni kengaytirishni rejalashtirayotgan bizneslar uchun juda foydali.

Kichik doʻkon uchun mahsulotlar hisobi kelajak uchun moʻljallangan murakkab tizim emas. Aksincha, u mahsulotlar, toʻlovlar va yetkazib berish jarayonidagi tartibsizliklarning oldini olishga yordam beradigan eng oddiy va samarali yechimlardan biridir.

Vaqt va mablagʻni tejash uchun mahsulotlar hisobini boshidanoq avtomatlashtiring. Masalan, МойСклад xizmati yordamida.

  • Ssenariylar — belgilangan shartlar bajarilganda kerakli amallarni avtomatik bajaradigan dasturiy robotlar. Ular xato qilmaydi va hech bir vazifani eʼtibordan chetda qoldirmaydi. Masalan, buyurtma yigʻishga tayyor boʻlgani haqida eslatma yuboradi, muddati oʻtgan buyurtmalardan rezervni bekor qiladi yoki toʻlovlar holatini nazorat qiladi.
  • Buyurtma holatlari — qaysi buyurtmalar bajarilayotgani, qaysilari yakunlangani, bekor qilingani yoki qaytarilgani bir qarashda koʻrinadi.
  • Barcha buyurtmalar bitta oynada — ularni qayta ishlash qoʻlda bajarilganga qaraganda 90% gacha tezroq.
  • Ombordagi qoldiqlar va realizatsiyadagi mahsulotlarni nazorat qilish.
  • Har bir mahsulot boʻyicha haqiqiy foydani hisoblash.
  • Tez ishga tushirish, 24/7 texnik yordam va bepul tarif.
МойСкладʼni bepul
sinab koʻrish
Shuningdek o‘qing:
Anastasiya Okushko
Anastasiya Okushko МойСклад eksperti
Bu maqola foydali bo‘ldimi?
0 baholar
Maqolani ulashing:
МойСклад — savdo, ombor va CRMni birlashtiruvchi bulutli xizmat

Barcha kerakli yechimlar bitta tizimda: savdo, xaridlar, ombor, moliya, mijozlar va ta’minotchilar

Ishni boshlash