Ulgurji savdo uchun

Ulgurji kompaniya va distribyutorlar tarmog‘ini boshqarish

  • Sotuvlar va xaridlarni boshqarish
  • Ombor hisobi
  • Moliyaviy nazorat
  • Hujjatlarni chop etish
  • Mijozlar ma’lumotlar bazasi bilan ishlash

Sotuv va buyurtmalar

Sotuvlaringiz to’liq nazorat ostida

Sotuv va buyurtmalar

МойСклад sistemasidan foydalangan holda tovarlarni ombordan "buyurtma asosida" va to’g’ridan - to’g’ri sotish uchun topshirishingiz mumkin. Tizimda narxlarni boshqaring: narx ro‘yxatlarini yuriting, narxlarni toifalarga bo’ling, chegirma va bonuslar belgilang. Bundan tashqari, tizim xaridorlar buyurtmalarini qayta ishlash, mahsulotni zaxiralash: mijozga nimani va’da qilish mumkinligini aniq bilish, komplektatsiyani tekshirish imkoniyatini beradi. Yangi buyurtmalar haqida xabarnomalar kelishini sozlashingiz mumkin. Ko‘p valyutalik: turli valyutalarda xarid qilish va sotish imkoniyati. МойСклад tizimini qo’llab savdoni avtomatlashtirish orqali, daromadingizni oshirishingiz mumkin.

Ombor hisobi va xaridlar

Barcha ombor operatsiyalari: tovarni qabul qilish va jo‘natish, o‘tkazish, inventarizatsiya qilish, hisobdan chiqarish va kirim qilish

Ombor hisobi va xaridlar

Sotuv statistikasi yoki minimal qoldiq asosida qoldiqlarni nazorat qilish va ta’minotchilarga avtomatik buyurtma berish.

Nusxama-nusxa va partiyali hisobga olish. Muayyan tovarlar yoki ularning guruhlari uchun seriyalar va yaroqlilik muddatlari bo‘yicha hisobga olish.

Komplektlarni tekshirish. Tuzatish hujjatlarini avtomatik ravishda yaratgan holda smartfon yoki qo‘l terminal qurilmasi orqali inventarizatsiya o‘tkazish.

Shaxsiy va komission tovarlarni sotish. Manzilli saqlash, tanlov varaqalari bilan ishlash imkoni. Bir vaqtning o‘zida bir nechta omborni qo‘llab-quvvatlash.

Shtrix-kodlar: yaratish, chop etish, skanerlar bilan ishlash imkoni. Yorliqlar va narxnomalarning vizual muharriri va ommaviy chop etish funktsiyasi.

CRM yoki mijozlar bazasi bilan ishlash

Takroriy savdoni rag‘batlantiring

CRM yoki mijozlar bazasi bilan ishlash

Mijozlar va shartnomalarni hisobga olish. Kontragentlar va kontakt shaxslar uchun qulay ma’lumotnoma, qaytarishlar va foydalanuvchi maydonlaridagi ma’lumotlarni tekshirish imkoniyati bilan.

Mijoz haqidagi barcha ma’lumotlar bir ekranda: munosabatlar tarixi, hujjatlar arxivi, joriy qarzlar va umumiy sotuvlar.

Savdo bo‘limini boshqarish: vazifalar, umumiy chatdagi sharhlar, eslatmalar.

To’lovlar va qarzlar

Xaridorlar va ta’minotchilar bilan o‘zaro hisob-kitoblarni nazorat qilish

To’lovlar va qarzlar

Shartnomalar bajarilishini va hisobvaraqlardagi mablag‘ qoldig‘ini nazorat qiling. To‘lanmagan hisobvaraqlar haqida xabarnomalar oling. O‘zaro hisob-kitoblarni tuzating.

To‘lovlarni, shu jumladan chet el valyutasidagi to‘lovlarni ro‘yxatga oling. Avans va qisman to‘lovlar bilan ishlang. Taqqoslash dalolatnomalarini tuzing.

Hujjatlarni chop etish

Barcha zarur hujjatlar va unifikatsiyalangan shakllar

Hujjatlarni chop etish

Barcha zarur hujjatlar va unifikatsiyalangan shakllar: schyotlar, yukxatlar, dalolatnomalar va boshqalar. Avtomatik raqamlash, ommaviy chop etish, elektron pochta yoki messenjer orqali jo‘natish.

Hujjatlar konstruktori: shartnomalar, tijorat takliflari va boshqalar. Ichki va xususiy shablonlar.

Tahliliy hisobotlar

Aylanmalar, ombor qoldiqlari, savdo statistikasi va tovarlar bo‘yicha daromadlilik

Tahliliy hisobotlar

Aylanmalar, qoldiqlar, pul harakati, foyda va zararlar, sotuvlar va rentabellik bo‘yicha hisobotlar.

Barcha hisobotlarni tovarlar, kontragentlar yoki xodimlar kesimida sozlash mumkin.

Kirish huquqlarini belgilash, bo‘limlar, filiallar

Kirish huquqlarini belgilash, bo‘limlar, filiallar

Foydalanuvchi huquqlarini boshqarish: menyu va funksiyalarga ruxsat berish, rollar, turli bo‘limlardan foydalanuvchilar uchun kirish huquqlarini bo‘lish, keraksiz menyu bandlarini yashirish imkoniyati va mahsulot tannarxini ko‘rish.

Tizimdagi xodimlar faoliyatini nazorat qilish: МойСклад har bir amaliyotni qayd etadi va siz xodimlarni onlayn tarzda to‘liq nazorat qilasiz.

Bir tizimda bir nechta yuridik shaxslar, filiallar yoki savdo nuqtalari bilan ishlash imkoniyati mavjud.

50 000 dan ortiq kompaniya allaqachon o‘z xodimlarini МойСклад tizimiga uladi Siz nechta xodimingizni ulamoqchisiz? Tarifni tanlash

Ulgurji savdo korxonasini boshqarish

МойСклад soddalashtirilgan interfeysga ega bo’lib, undan foydalanish uchun maxsus qo’shimcha o‘qitishni talab qilmaydi. Bulutli versiya tufayli qo’shimcha hech narsa o‘rnatish va sozlash ham shart emas. Savdo uskunalarini ulang, mahsulotlar katalogini yuklang va dastur ishga tayyor bo’ladi.

МойСкладda quyidagilarni bajarishingiz mumkin:

  • tovarning kelib tushishi va jo‘natilishini ro‘yxatga olish,
  • ombordagi qoldiqlarni real vaqtda nazorat qilish,
  • tovar yo‘qligi sababli foydani qo‘ldan chiqarmaslik uchun xaridlarni tezkor boshqarish,
  • ombor hujjatlarini chop etish va ularni kontragentlarga jo‘natish,
  • barcha xarajatlarni hisobga olgan holda tovarlar va umuman kompaniya bo‘yicha real foydani ko‘rish.

Omborni boshqarish sizga osonlashadi, siz o‘z vaqtingizni va xodimlaringizning mehnat xarajatlarini tejaysiz. Hoziroq sinab ko‘ring: bepul sinov muddati 14 kun.

МойСклад biznesni "yagona darcha" usulida olib borish imkonini beradi - xizmatning ichida siz barcha jarayonlarni boshqarishingiz mumkin.Barini nazoratingizga oling: hisobga olishdan tortib buyurtmalarni to‘lash va yetkazib berishgacha. Bu Excel’ga qaraganda ancha qulay va aniq.