Ishlab chiqarish uchun

Materiallarni sotib olishdan tayyor mahsulotni sotishgacha — barcha bosqichlarda boshqaruv hisobini yuriting:

  • Ishlab chiqarishni rejalashtirish
  • Ombor hisobi va ta’minoti
  • Tannarx va rentabellikni hisoblash
  • Jarayonlar bajarilishini nazorat qilish
Ishni boshlash

Kichik va o’rta biznes uchun

Ishlab chiqarish jarayonini nazorat qiling

Tahlillarni qo’llagan holda rentabellikni oshiring

Ishlab chiqarish jarayonini nazorat qiling

Ishlab chiqarishni raqamlashtirish

Mahsulotlarni yig‘ish va qismlarga ajratish uchun texnologik xaritalar tuzing. Ularni ishlab chiqarish topshiriqlariga kiriting. Ish yakunlanguniga qadar har bir bosqichning bajarilishini nazorat qiling. «Ombor uchun» va buyurtmalar bo‘yicha mahsulot tayyorlash vaqtini kuzatib boring.
Bo’limlar va mahsulot turlari bo‘yicha statistikani tahlil qiling. Ishlab chiqarish jarayonining shaffofligini ta’minlang.

Qiymatni boshqarish

Tayyor mahsulot tannarxini materiallar qiymati va ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olgan holda hisoblang. Har bir bosqich tugagach, xom ashyoni hisobdan chiqaring. Tugallanmagan ishlab chiqarish hajmini nazorat qiling va kamaytiring. Nuqsonlarni o‘z vaqtida aniqlang, materiallarning ortiqcha sarflanishiga yo‘l qo‘ymang va mahsulot rentabelligini oshiring.

Ishlab chiqarishni rejalashtirish

Buyurtmalarni o‘z vaqtida bajaring

Ishlab chiqarishni rejalashtirish

Avtomatlashtirish

Texnik kartalardan foydalaning: mahsulotingiz nimalardan iborat ekanligini bir marta tavsiflang va ishlab chiqarishda faqat tayyor mahsulotlar sonini ko‘rsating. Xaridorlarning buyurtmalaridan ishlab chiqarish buyurtmalarini yarating.

Moslashuvchanlik

Ishlab chiqarish jarayonlarini boshqaring.
O’zingizga mos bosqichlar zanjirinii sozlang. Noyob va noodatiy mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun materiallar bo‘yicha rejalarni tezda o‘zgartiring. Ta’minotda texnik xaritada ko‘zda tutilgan komponentlarni almashtirishni hisobga oling.

Rejalashtirish

Ishlab chiqarish bo‘yicha qarorlarni sotish statistikasi asosida qabul qiling. Ish boshlanishidan oldin rejadagi tannarxni hisoblang. Bir ishlab chiqarish topshirig‘iga bir nechta mahsulot turlarini qo‘shing, smenalar yoki haftalar bo‘yicha ishni rejalashtiring, ustuvorliklarni belgilang va yangi buyurtmalarni hisobga olgan holda o‘zgartirishlar kiriting.

Ta’minot va ombor hisobi

Ombordagi qoldiqlarni kuzatib boring va materiallarni o‘z vaqtida xarid qiling

Ta’minot va ombor hisobi

Xomashyo qoldiqlarini ishlab chiqarishdagi buyurtmalar bilan solishtiring. Turli bo‘linmalar bo‘ylab ichki harakatlanishni nazorat qiling. Qabul qilish yoki jo‘natishda materiallar joylashgan yacheykaning manzilini ko‘rsating. Smartfondan inventarizatsiya o‘tkazing.

Parametrlari, masalan, rangi yoki o‘lchami bilan farq qiladigan buyumlar uchun modifikatsiyalarni ko‘rsating. Partiyalar va seriya raqamlari bo‘yicha hisobni yuriting.

Ombordagi materiallar va zaxiralarni hisobga olgan holda xaridlarni rejalashtiring. Ta’minotchilarga bevosita ishlab chiqarish buyurtmalaridan buyurtma bering. Ko‘p tarmoqli ishlab chiqarish uchun yarim tayyor mahsulotlar tayyorlang.

Tezkor va arzon joriy qilish jarayoni

Menejer

Menejer

Menejeringiz tizimni sozlashda yordam beradi va barcha savollaringizga javob beradi.

Qo’llab-quvvatlash

Qo’llab-quvvatlash

Qo’llab-quvvatlash xizmati 24/7 ishlaydi. Savollaringizga ilova chatida yoki telefon orqali javob olishingiz mumkin.

O’quv bazasi

O’quv bazasi

O’quv bazasida yo’riqnomalar, video, maqolalar, onlayn ma’lumotnomalar mavjud.

Vebinarlar

Vebinarlar

Vebinarlar haftada bir marta o’tkaziladi, qatnashish bepul.

Integratsiya va sozlamalar

Integratsiya va sozlamalar

Qo’shimcha xizmatlarni ulang va ishingizni osonlashtiring

API orqali integratsiya — barcha tizimlarning ishlashini yagona interfeysda birlashtiring. Internet-do‘kon, marketpleyslar, ijtimoiy tarmoqlar va onlayn buyurtmalar bilan ishlash uchun ilovalarni ulang.

Dasturlashtirishsiz tizimni o‘z jarayonlaringizga moslashtiring. Foydalanuvchilar huquqlarini sozlang. Ishlab chiqarish buyurtmalari, texnik operatsiyalar va boshqa hujjatlar uchun o‘zingizning bosma shablonlaringizni qo‘shing.

50 000 dan ortiq kompaniya allaqachon o‘z xodimlarini МойСклад tizimiga uladi