Onlayn savdo uchun

Sayt, Telegram, marketpleyslarni ulang. O‘z omboringizdan, buyurtma asosida yoki dropshipping orqali savdo qiling. Barcha savdo kanallarini yagona tizimdan boshqaring.

Ishni boshlash

Tayyor integratsiyalar

Internet-do‘kon, Telegram, Uzum, Wildberries va boshqalar bilan integratsiya mavjud. Buyurtmalar МойСкладga, qoldiqlar va narxlar esa bir vaqtning o‘zida barcha platformalarga yuboriladi.

Avtomatlashtirish

Buyurtmalar bilan ishlash 90% tezroq. Qoldiqlarni oldindan bashorat qilish va nazorat qilish imkoniyati. Ta’minotni tezlashtirish imkoniyati.

Tahlil

Qaytarishlar, komissiyalar va boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda, har bir tovar, buyurtma va savdo kanali bo’yicha tushumni ko’ring.

Marketpleyslarda savdo yuritish

Uzum
OZON
Wildberries
Aylanmasi

Aylanmasi kichik yangi sellerlar

  • Komissiya shartnomasi asosida savdo qilganda, marketpleys hisobotlarini qaytarishlar va maydoncha mukofotlarini hisobga olgan holda qulay kiriting
  • Marketpleysning barcha vositachilik to‘lovlari va qo‘shimcha xarajatlarini to‘g‘ri hisobga olish orqali daromadingizni aniq ko’rasiz
  • Ta’minotchi narxi, transportirovka qilish va qadoqlash uchun qo‘shimcha xarajatlarni hisobga olgan holda tovarlar tannarxini hisoblang
  • Shtrix-kodlarni yarating va yorliqlarni chop eting, marketpleysga yetkazib berishga tayyorgarlik jarayonida komplektatsiyani tekshiring
  • Yetkazmalarni yo’lda nazorat qiling, omborlardagi qoldiqlar va sotuvga qo‘yilgan tovarlarni nazorat qiling
Marketplesda

Marketplesda bir nechta akkaunti mavjud va buyurtmalar soni katta sellerlar

  • FBO, FBS, DBS asosida sotuvlar uchun tayyor integratsiyalar mavjud
  • Dastlabki bosqichda marketpleysdan tovarlarni qulay import qilish
  • Barcha platformalarda narxlarni bir vaqtning o‘zida yangilash
  • FBS bo‘yicha sotuvlar uchun qoldiqlarni avtomatik yuklash
  • Marketpleys omborida qoldiqlarni real vaqtda nazorat qilish
  • Buyurtmalarni avtomatik qabul qilish, ularning holatlarini ommaviy yangilash va sinxronlashtirish
  • Qabul qilingan buyurtmalar uchun tovarlar zaxirasini yaratish
  • Stikerlar, shuningdek dalolatnomalar, topshirish varaqlari va ro‘yxatlarni chop etish
  • Qaytarishlar, komissiyalar, jarimalar va o‘z-o‘zidan sotib olishni avtomatik hisobga olish
  • Tahliliy tizimlardan himoya

Kengaytirilgan tahlil

Kengaytirilgan tahlil

Daromad va rentabellikni nazorat qiling

  • Sotish kanallari yoki kompaniyaning umumiy daromadi, tovarlar, xodimlar, mijozlar bo‘yicha, qaytarishlar, komissiyalar va boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda, rentabellikni ko’ring.
  • Barcha ma’lumotlar qulay hisobot va grafiklar ko‘rinishida

Xaridlarni rejalashtiring

  • Sotuv statistikasi asosida kerakli zaxiralarni bashorat qilish imkoniyati va yetkazib berishni rejalashtirish imkoni mavjud
  • Ta’minotchi va omborlar bo‘yicha qoldiqlar tahlili — doimo mavjud tovarlar haqidagi dolzarb ma’lumotlarga ega bo’lasiz
  • Tovarlarni rentabellik va aylanish muddatlarini hisobga olgan holda xarid qiling

Kompaniyani ma’lumotlar asosida boshqaring

  • Foyda va zarar haqida ma’lumot, pul mablag‘lari harakati, ABC va XYZ savdo tahlillar
  • Ta’minotchilar, omborlar, guruhlar, loyihalar bo‘yicha tovarlar aylanmasini kuzating
  • Buyurtmalar va kontragentlar bo‘yicha savdo voronkalarini shakllantiring

Uzum Market, Telegram va saytingizni ulang

Internet do’kon

Sinxronlashtirishni 10 daqiqada bir marta sozlab qo‘ying va buyurtmalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri saytdan qabul qiling.

Barcha ommabop CMS va sayt konstruktorlari bilan integratsiyalashgan.

Do‘konga zaxiralarni hisobga olgan holda joriy qoldiqlarni yuboring. Mahsulotlar, modifikatsiyalar va rasmlarni sinxronlashtirish. Narxlarni yuklash.
CommerceML protokoli orqali universal ma’lumot almashinuvi.

1С-Битрикс
InSales
WordPress
Opencart
Tilda
Uzum Market

Uzum Market

Tovarlar, buyurtmalar, qoldiqlar va yukxatlarni yuklash. Buyurtmalar bo‘yicha barcha komissiyalar va qaytarmalarni hisobga olgan holda real foyda miqdorini aniqlash imkoni mavjud.

Telegram Shop Bot

Telegram Shop Bot

Telegramdagi do‘kon chat-botini ulang, bir klikda buyurtmalarni yig‘ish uchun hujjatlarni shakllantiring, mijozlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri МойСкладdan messenjerga xabar yuboring, savdo hisobotlarini oling.

Savdoni saytsiz tezkor yo’lga qo’ying

Savdoni saytsiz tezkor yo’lga qo’ying

  • Mahsulotlar katalogiga havola yarating va uni reklama, geoxizmatlar, e-mail tarqatma yoki ijtimoiy tarmoqlarda joylashtiring
  • Xaridor kompyuter yoki telefon orqali havolaga o‘tib, faqat mavjud bo‘lgan tovarlar ichidan o‘zi mustaqil ravishda buyurtma qiladi
  • Buyurtma avtomatik tarzda МойСкладda paydo bo‘ladi — to‘lov uchun havola yaratish va yetkazib berishni belgilash mumkin
  • Har bir xaridor uchun individual narxlar bilan alohida tovarlar ro‘yxatini tuzish imkoniyati mavjud

Buyurtmalarni kompyuter va smartfondan boshqaring

Yagona darcha usulida ishlash imkoni

Sayt, marketpleys, ijtimoiy tarmoqlardan buyurtmalarni qabul qiling, ma’lumotlarni qo‘lda kiriting yoki Exceldan import qiling. Filtrlar va statuslarni sozlang. Buyurtmani kiritish paytida dolzarb qoldiqlarni, yetkazib berish manzilining to‘g‘riligini va pozitsiyalarning takrorlanmaganligini tekshiring. Yangi buyurtmalar haqida push-bildirishnomalar oling. Buyurtmalar uchun tovarlarni bron qilib qo’ying.

Ishlarni aniq o’z vaqtida bajaring

Buyurtmalarni 90% tezroq qabul qiling va qayta ishlang. Statuslarni ommaviy tahrirlash va hujjatlarni to‘plamli chop etish imkoniyati mavjud. Har bir jo‘natma uchun muddatlar va foydani nazorat qiling. MYT (ТСД) yoki smartfon yordamida ombor zonalari va katakchalarini hisobga olgan holda buyurtmalarni yig‘ishni va ularning tarkibini nazorat qiling.

Avtossenariylar yordamida buyurtmalar bajarilishini tezlashtiring

Avtossenariylar yordamida buyurtmalar bajarilishini tezlashtiring

Ssenariylar — bu МойСкладdagi dasturiy robotlar. Ular siz belgilagan bir yoki bir nechta shartlar yuzaga kelganda ma’lum harakatlarni bajaradi. Bir marta sozlaysiz va robotlar xato qilmay va hech narsani o‘tkazib yubormay ishni bajaradi.

  • Buyurtma yig‘ishga tayyorligini eslatib turadi
  • Muddati o‘tgan buyurtmalar uchun bron olib tashlanadi
  • Hisoblar to‘lanishini nazorat qiladi
  • Yana o‘nlab boshqa variantlar

Onlayn savdo uchun CRM

Mijoz va ta’minotchilarning bazasini yuriting

Mijoz va ta’minotchilarning bazasini yuriting

Kontragentlar uchun qulay kartochkalar: aloqa ma’lumotlari, tarix, buyurtmalar, qo‘ng‘iroqlar, sotuvlar miqdori va summasi, o‘rtacha chek hamda boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. O‘zaro hisob-kitoblarni nazorat qilish imkoniyati ham mavjud.

Savdo bo’limini boshqaring

Savdo bo’limini boshqaring

Menejerlarga vazifalar bering, ularning bajarilishini nazorat qiling — vazifalar holati va sharhlar haqida bildirishnomalar oling. Xodimlar bo‘yicha hisobotlarni ko‘rib chiqing. Foydalanish huquqlarini belgilang — foydalanuvchilar harakatlarining to‘liq auditi va qo‘ng‘iroqlar yozuvini amalga oshiring. AmoCRM va Bitrix24 bilan tayyor integratsiyalar mavjud.

Telefoniya

Telefoniya

Mango Telecom, Telfin, Bilayn va Megafon bulutli ATS, Zadarma va yana 10 ta boshqa xizmatlar bilan integratsiya. Qo‘ng‘iroqlar tarixi. Kiruvchi qo‘ng‘iroq vaqtida kontragent kartochkasini avtomatik aniqlash va ochish.

Рассылки

Xabar jo’natish

UniSender, Sendsay, SendPulse va boshqalar bilan integratsiya. Buyurtmalarning holati haqida xaridorlarni avtomatik xabardor qilish, tayyor yechimlar yordamida SMS va messenjerlarda yozishmalar.

Yetkazib berish va olib ketish xizmati

Yetkazib berish xizmatlarini ulash

  • Yetkazib berish narxini hisoblash va xaritada tarqatish punktlarini tanlash.
  • Xaridor hududiga qarab chegirmalar va ustamalarni belgilash.
  • Transport hujjatlari va yorliqlarini avtomatik tarzda yaratish va chop etish.
  • Jo‘natmalar holatini kuzatib borish, qaytarilishlarni nazorat qilish. Yetkazib berish xizmatlari bilan o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish.

Xususiy kuryerlar va tarqatish punktlari

  • Kuryerlar uchun yo‘nalish varaqalarini tuzib chiqing. Buyurtmalarni xaritadagi joylashuvini kuzating va hududlar bo‘yicha taqsimlash imkoniyatidan foydalaning.
  • Yetkazib berish tannarxini nazorat qilib boring. Har bir kuryer bo‘yicha hisobotlarni ko‘zdan kechiring: u qancha pul va qanday tovarlarni topshirishi kerakligini nazorat qiling, uning ish haqini yetkazib berilgan buyurtmalar soni va qiymatiga asoslanib hisoblang.

Mahsulotlar, narxlar va chegirmalarni boshqaring

Mahsulotlar, narxlar va chegirmalarni boshqaring

Har qanday tovar va xizmatlarni sotish

Komplektlar, modifikatsiyalar va qadoqlarni soting. Mahsulotlarning qo‘shimcha tavsiflari va seriya raqamlaridan foydalaning.

Moslashuvchan narx boshqaruvi

Tovarlarni qabul qilish jarayonida narxlarni ommaviy tahrir qilish, shu jumladan valyutalar kursini hisobga olgan holda. Narxlarni turlicha belgilash imkoniyati: minimal, maxsus, muayyan savdo kanali uchun, muayyan xaridor uchun va boshqalar. Shaxsiy va jamg‘arib boriladigan chegirmalar.

Etiketkalar va narxnomalarni chop etish

Tayyor shablonlardan foydalaning yoki interaktiv muharrirda o‘zingizga kerakli shaklda yarating. Yorliqlar va narxnomalarni bittadan yoki ommaviy chop eting.
Shtrix-kodlarni yarating.

Ombor hisobi va xaridlar

Ombor hisobi va xaridlar

Zaxiralarni o‘z vaqtida to‘ldiring

  • Mahsulot tugashiga yaqinlashganda xabarnomalar oling
  • Xaridlarni sotish statistikasi yoki minimal qoldiq asosida rejalashtiring — buni har bir ombor uchun belgilang
  • Mijozlar buyurtmalaridan foydalanib, ta’minotchilarga buyurtmalar hosil qiling
  • Tovarlar va hamkorlar bo‘yicha xaridlar tarixini kuzatib boring

Tovarlar harakatini soddalashtiring

  • Qabul qilishni qo‘lda amalga oshiring, yetkazib ta’minlovchiga buyurtmadan yarating yoki EDO tizimlaridan import qiling
  • Ta’minotchilarning yuk xatlari va prays varaqalarini Exceldan yuklang
  • Komplektatsiya va markirovka kodlarini skaner, smartfon yoki MYT (ТСД) yordamida tekshiring
  • Kirim qilishni, omborlar orasidagi o‘tkazmalarni, hisobdan chiqarishni rasmiylashtiring

Qoldiqlarni boshqaring

  • Real vaqt rejimida qoldiqlar va aylanmalarni tahlil qiling
  • Tannarx va sotish narxlarini belgilashda qoldiqlarni hisobga oling
  • Smartfon yoki MYT yordamida inventarizatsiyani amalga oshiring
  • Sotilmay qolib ketgan tovarlarni soting
Biznesni o’zingizga moslashtiring

Biznesni o’zingizga moslashtiring

Ma’lumotnomalar va hujjatlarga qo’shimcha ma’lumot maydonchalarini qo‘shing. O‘zingizning bosma shakl va hisobot andozalaringizni yuklang. Ochiq API asosida shaxsiy integratsiyalaringizni ishlab chiqing.

Xizmatdan foydalanishni tezkor boshlash imkoniyati

Menejer

Menejer

Shaxsiy menejer sozlamalarni tuzatishda yordam beradi, barcha savollaringizga javob beradi.

Qo’llab-quvvatlash xizmati

Qo’llab-quvvatlash xizmati

Qo’llab-quvvatlash xizmati 24/7 yordamga shay. Savollaringizga tezkor va aniq javoblarni telefon orqali, saytdagi chatda yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri dasturda olishingiz mumkin.

O’quv bazasi

O’quv bazasi

O‘quv markazi Bilimlar bazasi. Hisob nazariyasi va amaliyoti bo‘yicha videokurslar.

Vebinarlar

Vebinarlar

Vebinarlar Ekspertlarning ko‘rsatmalari. Haftasiga 1 marta bepul o’tkaziladi.

50 000 dan ortiq kompaniya allaqachon o‘z xodimlarini МойСклад tizimiga uladi