Savdo va ishlab chiqarish uchun CRM

Tovarlar va narxlarni boshqarish, vazifalarni nazorat qilish, materiallar va tayyor mahsulotlar hisobini yuritish

Tovar biznesi va ishlab chiqarishni boshqarish uchun barcha imkoniyatlar bir tizimda

Kimlar uchun va qanday vazifalarga mos keladi

Har qanday soliq tizimidagi YTT va MChJlarga:

— Chakana savdo

— Ulgurji savdo

— Onlayn savdo

— Ishlab chiqarish

Tizim yordamida quyidagilarni amalga oshira olasiz:

— Jarayonlarni avtomatlashtirish

— Xarajatlarni kamaytirish va daromadni ko‘paytirish

— Mijozlar bazasi, savdo, ombor hisobi va ishlab chiqarishni bir joyda yuritish

— Tovarlarni boshqarish va moliyaviy nazoratni amalga oshirish

— Barcha qonuniy talablarga rioya qilish

— Xodimlar ishini nazorat qilish

Mijozlar bazasi bilan ishlash

Mijozlar bazasi bilan ishlash

Mijoz haqidagi barcha ma’lumotlar bir ekranda: o‘zaro munosabatlar tarixi, taqdim etilgan hujjatlar arxivi, joriy qarzlar va umumiy sotuvlar.

Kontragentlarni dublarga tekshirish. Mijozlar va buyurtmalar bo‘yicha savdo voronkasi.

Sayt, marketpleyslar, Telegram bilan integratsiya.

Savdo bo‘limini boshqarish: vazifalar, eslatmalar, bildirishnomalar.

Ulgurji savdo uchun

Tovarlar va moliya — mijozlar bilan bir tizimda

Ulgurji savdo uchun

Qoldiqlarni nazorat qilish va sotuv statistikasi yoki minimal qoldiq asosida yetkazib beruvchilarga avtomatik buyurtma berish.

Elektron hujjat aylanmasi bilan integratsiya, hujjatlarni import/eksport qilish.

Komplektatsiyani tekshirish. Smartfon yoki ma’lumotlarni yig‘ish terminali orqali inventarizatsiya o’tkazish.

Hisob-fakturalarni chiqarish, yukxatlar va bajarilgan ishlar dalolatnomalarini chop etish.

Manzilli saqlash, tanlash varaqalari. Tovar qoldiqlari va «Ombordagi kunlar» hisobi.

Chakana savdo uchun

Istalgan miqdordagi savdo nuqtalarini boshqaring

Chakana savdo uchun

Sotuvchi ish joyi: Windows, Android yoki iOSli har qanday kompyuter, noutbuk, smartfon yoki planshetdan foydalanish imkoniyati.

Aksiyalar, chegirmalar, bonuslar va sodiqlik dasturlari.

Yorliqlar va narxnomalarni chop etish.

Savdo nuqtalari bo‘yicha umumiy hisobot — tushum va qaytarishlar. Nuqtalarda smenaning ochilishi va yopilishi to‘g‘risida xabarnomalar, kassirlar bo‘yicha sotuvlar hisoboti.

Tovar hisobi tizimi va kassa dasturi bir to’plamda. Dastur chatida 24/7 qo‘llab-quvvatlash xizmati mavjud.

Onlayn savdo uchun

Veb-sayt, marketpleyslar, Telegramni ulang

Onlayn savdo uchun

Barcha savdo kanallari bir xizmatda: buyurtmalar МойСкладga, qoldiqlar va narxlar esa vitrinalarga uzatiladi. Buyurtmalar kelib tushganda tovarlarni zaxiraga olish mumkin.

Uzum, Wildberries va boshqa platformalarda savdo yuriting. Marketpleys komissiyalarini hisobga olgan holda buyurtmalar va sotish kanallari bo‘yicha foydani nazorat qiling.

1C-Bitrix, Tilda, InSales va boshqalar bilan integratsiyalar mavjud. Buyurtmalarni tezkor qayta ishlang: qo‘lda ishlashga qaraganda o‘rtacha 8 daqiqaga tezroq. Yetkazib berishni ulang, kuryerlarni tayinlang.

Ishlab chiqarish uchun

Kichik ustaxona yoki ishlab chiqarish sexida mahsulotni hisobga olish

Ishlab chiqarish uchun

Texnologik xaritalar va tannarxni hisoblash

Texnologik xaritada mahsulot tarkibini ta’riflang. Bir necha soniya ichida mehnat haqini hisobga olgan holda ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini hisoblang. Tugallanmagan ishlab chiqarish hajmi va rentabellikni nazorat qiling.

Ishlab chiqarishni rejalashtirish va nazorat qilish

Ishlab chiqarish topshirig‘ida buyurtmani bajarishni rejalashtiring. Unda bosqichlarning bajarilishini, sarflangan vaqt va materiallarni qayd eting. Yangi buyurtmalar va savdo statistikasini hisobga olgan holda rejalarni tuzating.

Ta’minot va ombor hisobi

Xaridlar paytida zaxiralar va qoldiqlarni tekshiring. Materiallar ortiqcha sarflanganda va yaroqsiz holga kelganda farqlarni darhol hisobga oling. Yetkazib beruvchilarga avtomatik buyurtmalar yarating.

Hamkorlikda ishlash va vazifalarni nazorat qilish

Xodimlar va bo‘limlarning umumiy hujjatlar va jarayonlar ustida ishlashini tashkil eting

Hamkorlikda ishlash va vazifalarni nazorat qilish

Fayllar, shartnomalar va hujjatlarning umumiy ombori: barcha muloqotlar va o‘zgarishlar tarixi voqealar lentasida hamda hujjatlar va kontragentlar auditida aks etadi.

O‘zgarishlar haqida bildirishnomalar va rejalashtirilgan hamda kechikkan vazifalar haqida eslatmalar oling.

Belgilangan vazifalarni muhokama qilish, hujjatlarga izoh berish va kontragentlar bilan muloqot qilish.

Foydalanish huquqlarini boshqarishning moslashuvchan sozlamalari. Bo‘limlar, loyihalar va yuridik shaxslar bilan ishlash.

Tahliliy hisobotlar

Aylanmalar, ombor qoldiqlari, savdo statistikasi va rentabellik

Tahliliy hisobotlar

Aylanmalar, qoldiqlar, pul harakati, foyda va zararlar, sotuvlar va rentabellik bo‘yicha hisobotlar.

Barcha hisobotlarni tovarlar, kontragentlar yoki xodimlar kesimida sozlash mumkin. Hisobotlarni elektron pochta orqali avtomatik jo‘natish.

To‘lanmagan hisob-fakturalar haqida bildirishnomalar. Qarzlar va o‘zaro hisob-kitoblar.

Rahbar uchun mobil ilova va boshqaruv paneli — qayerda bo‘lishingizdan qat’iy nazar, biznesni nazorat qiling.

50 000 dan ortiq kompaniya allaqachon o‘z xodimlarini МойСклад tizimiga uladi
Siz nechta xodimni ulamoqchisiz?