МойСклад kompaniyasi haqida O’zbekistonda ko’p yillardan beri yaxshi bilishadi, lekin Toshkentda birinchi ofisimiz 2023-yilda ochildi. Toshkentdagi ofisimizni hududiy direktor Oleg Shelexov boshqaradi.

Umuman olganda esa, kompaniya tarixi 2007-yildan boshlanadi. Kompaniya asoschilari Oleg Alekseyev va Asqar Rahimberdiyev o’z bilim va ko’nikmalarini birlashtirib, MDHdagi birinchi savdo va ishlab chiqarishda hisob yuritish uchun birinchi onlayn mahsulotni yaratishdi va bozorga olib chiqishdi.

2008-yilda МойСклад kompaniyasi Skype-ni yaratishga aloqador Ambient Sound Investments fondidan, 2011-yilda esa 1C kompaniyasidan rivojlanish uchun sarmoya oldi.

Keyinchalik xizmatning foydalanuvchilar uchun qulayligini oshirish va ularning ehtiyojlarini qondirish uchun ketma-ket yangi imkoniyatlar qo‘shib boraverdik. Ulardan: kassa ilovasi, mobil versiya, savdo uskunalarini ulash, bepul tarif, markirovkani qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarish moduli, marketpleyslar va Telegram bilan integratsiya foydalanuvchilarimizga savdodagi asosiy jarayonlarni bitta tizimdan boshqarish imkoniyatini yaratdi.

Natijada, МойСклад chakana va ulgurji savdo sohasidagi kichik va o‘rta biznes uchun, onlayn sotuvlar hamda ishlab chiqarish sohasida to‘laqonli bek-ofisga aylandi. Tovarlar va narxlarni boshqarish, xarid qilish, sotish, moliyaviy masalalar, hujjatlar aylanmasi va mijozlar bazasini yuritish - barchasi bir joyda amalga oshiriladi.

Bugungi kunda МойСклад Rossiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Hindistonda joylashgan ofislari hamda 3 milliondan ortiq ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilarga ega bo‘lgan xalqaro kompaniyadir. Bizning O‘quv markazimiz va texnik yordam xizmatimiz siz uchun kuniga 24 soat, haftasiga 7 kun ishlaydi.

Komandamiz

МойСкладda jami 300 dan ortiq mutaxassis ishlaydi.
Ulardan asosiylari bilan tanishing

Asqar Rahimberdiyev
Asqar Rahimberdiyev
Kompaniyani boshqaradi va rivojlanish strategiyasini belgilaydi
Oleg Alekseyev
Oleg Alekseyev
Texnik rivojlanish bo’yicha vazifalarni bajaradi
Dmitriy Kabatov
Dmitriy Kabatov
Hamkorlar bilan ishlash va marketing uchun javob beradi
Ivan Kirillin
Ivan Kirillin
Kompaniyaning savdo xizmatini boshqaradi
Nikita Kushelev
Nikita Kushelev
МойСкладda hamkorlik yo‘nalishini rivojlantirish uchun mas’ul
Oleg Shelexov
Oleg Shelexov
МойСкладning O’zbekistonda rivojlanishiga mas’ul