Savdo boshqaruvi

Sotuvlarni qayd eting, omborni boshqaring, xaridlarni rejalashtiring, moliyani nazorat qiling, mijozlar bazasi bilan ishlang va hujjatlarni bitta xizmatda chop eting

Ulgurji va chakana savdo, internet-do‘kon, umumiy ovqatlanish nuqtalari va kichik ishlab chiqarish uchun mos keladi.

Kassirning ish joyi, tovar hisobi tizimi, savdo tahlili va CRM. Windows, Linux, Android va iOSda ishlaydi. O‘rnatish va joriy etishni talab qilmaydi — ro‘yxatdan o‘tganingizdan so‘ng darhol ishga tushirish mumkin.

24/7 qo‘llab-quvvatlash xizmati va shaxsiy menejer doim yordamga shay. Bepul tarif mavjud.

Onlayn savdo va ulgurji savdo

Xaridorlar buyurtmalari: qayta ishlash, holatlar, tovarni zaxiralash

Onlayn savdo va ulgurji savdo

Xaridorlar buyurtmalari: qayta ishlash, holatlar, zaxiralar, internet-do‘kondan import. To‘lov va kechikishlar haqida bildirishnomalar. Omborni minimal qoldiqgacha to‘ldirish.

Narxlarni boshqarish: prays-listlar, narx toifalari va chegirmalar. Hisobvaraqlarni taqdim etish, yukxatlar va bajarilgan ishlar dalolatnomalarini chop etish. Sotuvlar statistikasi.

Uzum, Wildberries va boshqalar bilan integratsiya. Internet-do‘kon uchun barcha ommabop CMS tizimlari bilan integratsiya bor. Yetkazib berish xizmatlarini ulashingiz va o‘zingizning kuryerlaringizni boshqarishingiz mumkin.

Chakana savdo

Chakana savdo

Sotuvchining ish joyi: Windows, Android yoki iOSdagi har qanday rusumdagi kompyuter, noutbuk, smartfon yoki planshetda ishlaydi. Sotuvlar va qaytarishlarni ro‘yxatga olish.

Kiloli, donali va quyma tovarlar bilan ishlash. To‘plamlar sotuvi.

Savdo nuqtalari bo‘yicha umumiy hisobot. Aksiyalar, chegirmalar, bonuslar va mijozlarni rag‘batlantirish dasturlari. Narxnoma va shtrix-kodli etiketkalarni chop etish uchun vizual muharrir.

Onlayn kassani va cheklar chop etish uchun X-Printerni ulash.

Dastur chatida 24/7 qo‘llab-quvvatlash xizmati savollaringizga javob berishga tayyor.

Xaridlar va ombor hisobi

Xaridlar va ombor hisobi

Qoldiqlarni nazorat qilish. Sotuvlar statistikasi yoki minimal qoldiq asosida ta’minotchilarga buyurtmalar.

Muayyan tovarlar yoki ularning guruhlari uchun seriya va yaroqlilik muddatlari bo‘yicha hisobga olish.

Komplektatsiyani tekshirish. Smartfon yoki MYT orqali inventarizatsiya o‘tkazish va avtomatik ravishda tuzatuvchi hujjatlarni yaratish.

Shaxsiy va vositachilik tovarlar sotuvini amalga oshirish. Manzilli saqlash, tanlash varaqalari. Bir vaqtning o‘zida bir nechta ombor bilan ishlashni qo‘llab-quvvatlash.

CRM yoki mijozlar bazasi bilan ishlash

Mijozlar va shartnomalarni hisobga olish, kontragentlar va aloqa shaxslari uchun qulay ma’lumotnoma, foydalanuvchi maydonlari

CRM yoki mijozlar bazasi bilan ishlash

Mijoz haqidagi barcha ma’lumotlar bir ekranda: o‘zaro munosabatlar tarixi, taqdim etilgan hujjatlar arxivi, joriy qarzlar va umumiy sotuvlar. Kontragentlarni takrorlanishga tekshirish.

Sotuv bo‘limini boshqarish: vazifalar, eslatmalar, bildirishnomalar, umumiy chatdagi izohlar.

Mijozlar va buyurtmalar bo‘yicha savdo voronkasi.

Hujjatlarni chop etish

Hujjatlarni chop etish

Barcha zarur hujjatlar va standartlashtirilgan shakllar: hisoblar, yukxatlar, dalolatnomalar va boshqalar. Ommaviy chop etish, elektron pochta yoki messenjer orqali yuborish.

Hujjatlar konstruktori: shartnomalar, tijorat takliflari va boshqalar. Ichki va shaxsiy shablonlar. Yuklab olishsiz bevosita brauzerdan tezkor chop etish.

Tahliliy hisobotlar

Foyda nazorat ostida

Tahliliy hisobotlar

Savdo shoxobchalari bo‘yicha umumiy hisobot. Aylanmalar, qoldiqlar, pul harakati, foyda va zararlar, sotuvlar va rentabellik bo‘yicha hisobotlar.

Barcha hisobotlarni tovarlar, kontragentlar yoki xodimlar kesimida sozlash mumkin.

Kirish cheklovlari, bo‘linmalar, filiallar

Kirish cheklovlari, bo‘linmalar, filiallar

Foydalanuvchilar huquqlarini boshqarish: menyu va funksiyalarga huquqlar, rollar, turli bo‘linmalar uchun kirishni imkoniyatini belgilash, menyuning keraksiz bandlarini yashirish va tovarlar tannarxini ko‘rsatmaslik imkoniyati.

Tizimdagi xodimlar faoliyati auditi: МойСклад har bir operatsiyani qayd etadi va siz xodimlarni onlayn tarzda to‘liq nazorat qilasiz. Yopiq davrlarda o‘zgarishlarni taqiqlash mumkin.

50 000 dan ortiq kompaniya o‘z xodimlarini allaqachon МойСклад tizimiga ulagan
Siz nechta xodimni ulamoqchisiz?

МойСклад savdo va omborni boshqarishda qanday yordam beradi

МойСклад mijozlar bilan ishlashni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishga, hisobni tartibga solishga, resurslar va xodimlarni oqilona boshqarishga yordam beradi.

— Barcha biznes jarayonlarni real vaqtda nazorat qiling. Tovarlar to‘lovini kuzatib boring, sotuvlarni tahlil qiling, ombordagi qoldiqlar haqida ma’lumot to‘plang. Hisobni yuritib, mijozlar bazasi bilan ishlang.

— Zarur hujjatlarni chop eting, arxivga yoki elektron pochta orqali yuboring, shartnomalar va boshqa shakllar uchun o‘z shablonlaringizni yarating.

— Filiallar ishini yagona boshqaruv tizimiga birlashtiring. Turli bo‘limlardagi xodimlar uchun kirishni taqsimlash mumkin. Ular o‘rtasida rollar va funksiyalarni taqsimlang, keraksiz menyu bandlarini yashiring, dasturning ayrim foydalanuvchilari uchun hujjatlar va narxlarni ko‘rish huquqlarini cheklang. Omborlar va do‘konlardan narxlar hamda qoldiqlar to‘g‘risida ma’lumot to‘plang.

— Moliyani nazorat qiling. Tizim tartib o‘rnatadi: birorta ham to‘lov yo‘qolmaydi. Siz har doim pul harakatini kuzatib borishingiz va qarzlar haqida unutmasligingiz mumkin — xizmat pochta yoki telefon orqali bildirishnoma yuborib, ular haqida eslatib turadi.

Nima uchun МойСкладni tanlash kerak

Sodda interfeys, maxsus ta’limni talab qilmaydi. Bulutli versiya tufayli hech narsani o‘rnatish va sozlash shart emas.

Asosiy afzalliklar:

Qulaylik. Windows, Android yoki iOS bazasida ishlovchi istalgan rusumdagi qurilmadan ishlaydi.

Tezkor start. Darhol tarif tanlash va to‘lov qilish shart emas. Ro‘yxatdan o‘tganingizdan so‘ng birinchi 14 kun bepul davr bo‘lib, xizmatning barcha imkoniyatlaridan foydalanishingiz mumkin. Keyin o‘zingizga mos funksiyalar to‘plamiga ega tarifni tanlashingiz yoki bepul rejada qolishingiz mumkin.

Uzluksiz qo‘llab-quvvatlash xizmati. Shaxsiy menejer xizmatni sozlashda yordam beradi. Texnik yordam xodimlari barcha savollaringizga javob berishadi, bilimlar bazasidan esa video, maqola va onlayn ma’lumotnomalar bilan birga bosqichma-bosqich ko‘rsatmalarni topasiz.