Biznesni avtomatlashtirish uchun yechimlar

Savdo, ishlab chiqarish, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish sohalari uchun moslashtirilgan. Sotuvlar, buyurtmalar, ombor, CRM — barchasi bitta dasturda jamlangan. Butun biznesingiz to‘liq nazorat ostida bo‘ladi

МойСкладni qo’llab ko’rish
Biznesni avtomatlashtirish uchun yechimlar

Biznesni nima uchun avtomatlashtirish kerak

Biznesni nima uchun avtomatlashtirish kerak

Biznes egasi ombor hisobini yuritishi, xaridlarni rejalashtirishi, inventarizatsiya o‘tkazishi va sotuvlarni tahlil qilishi lozim. Bularning barchasini qo‘lda bajarish ko‘p vaqt talab etadi hamda xatolarga sabab bo‘lishi mumkin.

Biznes jarayonlarini maxsus dastur yordamida avtomatlashtirish Excel dasturida bajarishga qaraganda qulayroq, osonroq va eng muhimi, foydaliroqdir. Bundan tashqari, bu usul xatosiz ma’lumotlar olish imkonini beradi, chunki qo‘lda hisob yuritish ko‘pincha noaniqliklarga sabab bo’ladi.

Avtomatlashtirish natijalari

Biznes uchun to‘g‘ri sozlangan dastur kompaniya faoliyatining samaradorligini oshiradi: xarajatlarni kamaytiradi, rahbar va xodimlarning vaqtini tejaydi, daromadni ko‘paytiradi.

Ijobiy ta’siri — quyidagilarda tejamkorlik:
Vaqtda
Vaqtda
Dasturlar odatdagi jarayonlarni insonlarga qaraganda tezroq bajaradi, natijada xodimlarning muhim maqsadlarga ko‘proq vaqt ajratish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Kadrlarda
Kadrlarda
Avtomatlashtirish joriy etilgandan so‘ng, ma’lum vazifalar uchun kamroq xodimlar talab qilinadi.
Pulda
Pulda
Vaqt va xodimlar kuchini tejash natijasida.
Kommunikatsiyada
Kommunikatsiyada
Agar biznes yirik bo‘lsa, insoniy omillarni, ya’ni e’tiborsizlik natijasidagi xatolarni, o‘g‘irliklarni va shaxsiy manfaat yo‘lida ma’lumotlarni buzib ko‘rsatishni bartaraf etadi.
Ma’lumotlar havfsizligida
Ma’lumotlar havfsizligida
Dasturiy mahsulotlar maxfiy ma’lumotlarni ruxsatsiz kirishdan himoya qiladi, huquqlarni chegaralaydi va xodimlarning tizimdagi harakatlarini qayd etadi.

Dasturni qanday tanlash kerak

Kichik va o‘rta biznes uchun joriy etishda katta xarajat talab qilmaydigan tayyor yechimlar mos keladi.

МойСкладdagi avtomatlashtirish yordamida chakana, ulgurji, onlayn savdo va kichik ishlab chiqarishdagi kundalik operatsiyalarni bajarishni tezlashtirish mumkin. Xizmatda biznes jarayonlarini samarali tashkil etish va avtomatlashtirish uchun zarur bo‘lgan barcha vositalar mavjud.

Bu kassa ilovasi va tovar hisobi tizimini o‘z ichiga olgan to‘plamdir.

  • Mahsulot sotuvi, kelishi va jo‘natilishini qayd eting
  • Mahsulot tugayotganligi haqidagi bildirishnomalar orqali ombordagi qoldiqlarni nazorat qiling
  • Savdo statistikasi yoki kamaymaydigan qoldiq asosida ta’minotchilarga buyurtmalar yarating
  • Ombor hujjatlari, shartnomalar, tijorat takliflarini chop eting. Mavjud andozalardan foydalaning yoki o‘z andozalaringizni yarating
  • Mahsulotlar, xodimlar va hamkorlar bo‘yicha qaytarishlar va barcha xarajatlarni hisobga olgan holda haqiqiy foydani ko‘ring

МойСклад Windows, macOS, Android, iOS qurilmalarida ishlaydi. Oddiy interfeys maxsus o‘qitishni talab qilmaydi. Har qanday savollarga 24/7 texnik yordam javob beradi.

МойСклад yordamida qanday biznesni avtomatlashtirish mumkin

Chakana savdo do‘koni

Chakana savdo do‘koni

Oziq-ovqatdan avtomobil ehtiyot qismlarigacha

  • kassa dasturi
  • ombor hisobi va xaridlar
  • savdo tahlili
  • narx yorliqlari va etiketkalarni chop etish
  • mobil ilova
Onlayn savdo

Onlayn savdo

  • marketpleyslar va shaxsiy sayt bilan integratsiya
  • saytsiz onlayn savdoni tez ishga tushirish
  • qoldiqlarni nazorat qilish va bashorat qilish
  • shtrix-kodli etiketkalarni chop etish
  • savdo kanallari, mahsulotlar va foyda bo‘yicha kengaytirilgan tahlil
  • telefoniya, messenjerlar va tarqatish xizmatlari bilan integratsiya
  • yetkazib berishni ulash
Umumiy ovqatlanish nuqtalari

Umumiy ovqatlanish nuqtalari

  • har qanday qurilma uchun kassa dasturi
  • kuryerlar va oziq-ovqat yetkazib berish uchun yechim
  • CRM, chegirmalar va mijozlar uchun bonus dasturlari
  • muassasa va ombordagi mahsulotlarning shaffof hisobi
  • texnologik xaritalar va ishlab chiqarish jarayonlari
Ishlab chiqarish

Ishlab chiqarish

  • ishlab chiqarishni rejalashtirish va nazorat qilish
  • ombor hisobi va ta’minot
  • ish haqi hisobi
  • tannarx va rentabellikni hisoblash
  • amallar bajarilishini nazorat qilish

Biznesni «kalit topshirish» usulida avtomatlashtirish uchun qanday buyurtma berish mumkin

МойСклад tovar hisobi tizimini ikki usulda ulash mumkin:

Mustaqil ulanish

Hisob oching, mijozlar va hamkorlar ma’lumotnomasini to‘ldiring, xodimlarni ulang va ishlashni boshlang. Tushunarli interfeys foydalanuvchilarga maxsus o‘qitishsiz darhol ishga kirishish imkonini beradi. Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting — bu bepul!

Hamkorlar orqali ulanish

Mutaxassislar bulutli dasturiy ta’minot bilan avtomatlashtirishni sozlaydilar, biznesingiz uchun zarur uskunalar va integratsiyalarni ulaydilar.

Hamkorlar quyidagilarda yordam beradi:

  • ulgurji, chakana, onlayn savdo yoki ishlab chiqarishni avtomatlashtirish
  • integratsiyalarni sozlash va qo‘shimcha imkoniyatlarni ulash
  • biznes jarayonlarini sozlash
  • ma’lumotlarni Excel yoki boshqa manbalardan МойСкладga ko‘chirish
  • xodimlarni o‘qitish

МойСклад — bu barcha hisob turlarini birlashtirgan yagona tizimdir. U kompaniyalar faqat bitta dastur yordamida ombor operatsiyalarini amalga oshirishi, savdoni boshqarishi va jamoani nazorat qilishi uchun yaratilgan. Xizmat ham endigina ish boshlagan tadbirkorlar uchun, ham uzoq vaqtdan beri biznes bilan shug‘ullanayotganlar uchun birdek mos keladi.