Marketpleyslarda savdo yuritish dasturi
Uzum, Market Yandex Go, Ozon, WB yoki bir vaqtning o’zida bir nechta platformada qulay savdo yuriting. Barcha kanallar bo’yicha savdo-sotiq va foydani bir joydan boshqaring
Bepul ulanish
Barcha buyurtmalar, qoldiqlar va narxlar bir joyda
- Hammasi bir joyda — barcha platformalardan buyurtmalarni qabul qiling va ularni bitta xizmatda qayta ishlang.
- Barcha savdo kanallari uchun umumiy ombor zaxiralari — qoldiqlar avtomatik ravishda hisoblanadi va bir vaqtning o‘zida barcha marketpleyslarga uzatiladi.
- Talabga javoban har bir maydon uchun narx belgilash imkoniyati.
- Foyda va rentabellikning haqiqoniy ko’rsatkichlari — МойСклад tovarlarning haqiqiy tannarxi va sotuvlaringizning samaradorligini ko‘rish imkonini beradi.
- Marketpleys hisobotlarini avtomatik yuklash — sotuvlar, qaytarishlar, komissiyalar va boshqa to‘lovlar haqidagi ma’lumotlarni avtomatik ravishda oling.
Uzum Market bilan integratsiya —
qulay va ortiqcha ovoragarchiliklarsiz
Barcha jarayonlar bitta xizmat ichida. Mahsulotlarni yuklashdan hisob-kitobgacha, buyurtmalar va logistika
Buyurtmalarni boshqarish
Buyurtmalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri МойСкладda qabul qiling, ularning holatlari avtomatik ravishda yangilanadi — qo‘lda kiritmaysiz, tizimdan tizimga o’tishga vaqt sarflamaysiz. Mahsulotlarni qaytarish ham nazorat ostida
Narxlar
Barcha savdo nuqtalari uchun narx va qoldiqlarni avtomatik yangilashni yoqing.
Ularni Uzum Marketdan МойСкладga ko’chiramiz.
Mahsulotlarni boshqarish
Biz Uzum Market ma’lumotlari asosida МойСкладdagi mahsulotlaringiz nomenklaturasini avtomatik ravishda yaratamiz va yangilaymiz. Yo‘qotilgan tovarlar hisobi bor.
Buyurtmalar va hujjatlar aylanmasi
Buyurtmalar, yuk xatlari va yuklarni import qiling — hammasi avtomatik sinxronlanadi, jumladan. Marketpleysning barcha birlamchi kirim to‘lovlarini hisobga oling: logistika, saqlash, reklama va boshqa xarajatlar.
Market Yandex Go bilan integratsiya
FBO va FBS bo’yicha ishlash
Tovarlar, narxlar va qoldiqlar importi
Butun katalogn iМойСкладga yuklang va savdoni markazlashgan holda boshqaring.
Avtomatik sinxronlash
Hamisha dolzarb buyurtmalar, qoldiqlar, narxlar va mahsulotlar. Ma’lumotlar har daqiqa sinxronlanadi.
Buyurtmalarni yig‘ish va jo‘natish
Buyurtmalarni qayta ishlang, hujjatlarni shakllantiring va yuklab jo‘natishni qo‘lda ishlov bermasdan tashkil eting.
Etiketkalarni chop etish
Bevosita tizimda buyurtma yorliqlarini yarating — tashqi xizmatlar kerak emas.
Ozon va Wildberries bilan integratsiya
Buyurtmalarni yig’ish 75% ga tezroq
Buyurtmalarni tez va xatosiz qayta ishlash — bitta xizmat ichida turli platformalardan buyurtmalarni qabul qiling. Ularning holatlarini real vaqt tarzida tekshiring.
Buyurtmani bekor qilish xavfi minimal va kartochkalar qidiruvda pasga tushib ketmaydi. Qoldiqlarni avtomatik tushirish tufayli barcha platformalarda doimo rostdan ham mavjud bo‘lgan dolzarb miqdordagi mahsulotlar soni ko’rsatiladi.
Buyurtmalarni tezkor qayta ishlash va yig’ish tufayli reytingingiz yuqoriroq. Yorliq va varaqlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri МойСкладdan chop eting.
Marketpleyslar uchun kengaytirilgan tahlil
Har bir buyurtma, savdo kanali va kompaniya kesimida haqiqiy foydani ko’rasiz
O‘rtacha chek, sotuv va qaytarish statistikasi, qoldiqlar va aylanmalarni kuzatib boring. Qaysi mahsulot to‘xtab qolganini, qaysi biriga chegirma berish va qaysi biriga narxlarni oshirish vaqti kelganini bilib oling.
Turli platformalardagi savdo natijalarini taqqoslang. Umumiy yoki alohida olingan marketpleys bo‘yicha foyda va zararlar hisobotini ko‘ring.
Barcha xarajatlarni avtomatik yuklang: komissiyalar, logistika, reklama, jarimalar va boshqalar. Ularni qanday hisobga olishni sozlashingiz mumkin — tovarlar tannarxidami yoki alohida. Shunda siz har bir tovar olib kelayotgan real foydasini ko‘rasiz.
Yunit ekonomika
Foyda va rentabellikni har bir tovar bo‘yicha savdo kanallari kesimida ko‘rish imkoniyatini yaratamiz.
Sotishning maqsadga muvofiqligini baholang foyda va rentabellikdan kelib chiqqan holda aniq bir kanalda tovarni sotish haqida qaror qabul qiling.
Savdoni qayerda kuchaytirish kerakligini aniqlang: qo‘shimcha partiyani omborga jo‘natish kerakmi yoki qoldiqlarni qayta taqsimlashmi.
Muayyan omborlar kesimida qoldiqlarni boshqaring: tovarlarni ular yaxshiroq sotiladigan omborlarga yuboring. Tovarlarning omborlarga taqsimlanishini oldindan bashorat qiling.
Har bir savdo kanalining foydasi va rentabelligidan kelib chiqqan holda yangi narxlarni belgilang. Kam rentabellik bilan muayyan kanalda narxni oshiring yoki savdoni oshirish uchun narni tushiring.