Marketpleyslar
Uzum Market marketpleysida savdoni boshlash: bosqichma-bosqich yo‘riqnoma va mutaxassis fikri

Uzum Market marketpleysida savdoni boshlash: bosqichma-bosqich yo‘riqnoma va mutaxassis fikri

14 August 2025

Uzum Market — O‘zbekistonning yetakchi marketpleysi. U yerda mebel va yirik maishiy texnikalardan tortib kiyim-kechak, poyabzal, oziq-ovqat va turli mayda-chuydalargacha ko‘plab turli tovarlar sotiladi. Bunday platforma bilan hamkorlik har doim biznes uchun o‘sish nuqtasi hisoblanadi. Maqolamizda boshlovchi sotuvchilar nimalarni bilishi, Uzumda qanday sotish va tovarlar sotuvini qanday oshirishlari mumkinligi haqida gapirib beramiz.

МойСкладni bepul qo’llab ko’rish
  1. Uzum Market marketpleysi 2025-yilda
  2. Uzum Marketning yangi va tajribali sotuvchilar uchun afzalliklari
  3. Kamchiliklari, xatarlari va e’tibor berish kerak bo’lgan jihatlari
  4. Uzum Marketda savdo qilish uchun qaysi mahsulot va nishani tanlash kerak
  5. Eng ommabop tovarlar
  6. Nimalarni sotish mumkin emas
  7. Uzum Market marketpleysi bilan hamkorlik shartlari
  8. Uzum Market fullfilment tartibi
  9. Tovarlar hajmiga oid cheklovlar
  10. Marketpleys komissiyasi
  11. Omborda saqlash uchun to‘lov
  12. Uzum Marketda ro‘yxatdan o‘tish va savdoni boshlash: bosqichma-bosqich yo‘riqnoma
  13. Tajribasiz foydalanuvchilarning ko‘p uchraydigan xatolari
  14. Savdoni avtomatlashtirish
  15. Savol-javoblar

Ekspert

Roman Kim

O‘zbekiston sellerlar assotsiatsiyasi va klubining hamta’sischisi

Uzum Market marketpleysi 2025-yilda

O‘zbekistonning har ikki fuqarosidan biri Uzum Marketda xarid qiladi. Research Group Central Asia tadqiqotiga ko‘ra, mazkur marketpleys poytaxtda ham, viloyatlarda ham o‘z yetakchiligini mustahkamlab bormoqda. Platformada kuniga 300ga yaqin yangi sotuvchi ro‘yxatdan o‘tib, ular 600 mingdan ortiq turdagi mahsulotlarni taklif etmoqda.

Uzum Marketning yangi va tajribali sotuvchilar uchun afzalliklari

  • Nisbatan past raqobat darajasi. Uzum Market 2022-yilda ishga tushirilgani bois, u yerda hali bemalol o‘z o‘rningizni egallash imkoniyati mavjud. Bu marketpleys yangi sotuvchilar uchun juda qulay.
  • Ro‘yxatdan o‘tish jarayonining soddaligi. Platforma do‘konni ro‘yxatdan o‘tkazish va sozlash uchun tushunarli va oson tizimni taqdim etadi.
  • Rivojlangan logistika tizimi tufayli buyurtmalarni tez yetkazib berish imkoniyati mavjud. Xaridlar mijozlarga bir kun ichida yetkazib beriladi.
  • Sotuvchilarni qo‘llab-quvvatlash va o‘qitish xizmati bor.

Kamchiliklari, xatarlari va e’tibor berish kerak bo’lgan jihatlari

Platformadagi sotuvchilar quyidagi kamchiliklarni qayd etishadi:

  • Tizim endigina qurilmoqda, shuning uchun nosozliklar paydo bo‘lishi mumkin, bu esa sellerlarga zarar yetkazadi.
  • Yordam xizmati ishi tizimlashtirilmagan. Ishning aniq standartlari yo‘q. Murojaatni unutishlari va fikr-mulohaza bildirmasliklari mumkin.
  • Omborning to’lib qolishi tufayli yetkazib berish bilan bog‘liq qiyinchiliklar mavjud. Masalan,eng yaqin bo‘sh taym-slot bir-ikki oydan keyin bo‘lishi mumkin. Yangi ishga tushirilgan fullfilment markazi ushbu muammoni yechishga xizmat qilishi nazarda tutilgan.

Uzum Marketda savdo qilish uchun qaysi mahsulot va nishani tanlagan maqul

Savdo uchun to‘g‘ri mahsulot va joyni tanlash muvaffaqiyatning asosiy omilaridir. O‘zbekiston bozori o‘ziga xos xususiyatlar va afzalliklarga ega bo‘lib, ularni assortimentni tanlashda hisobga olish muhim.

Nishadagi talab. Ushbu omilni to’g’ridan-to’g’ri baholash qiyin, shuning uchun marketpleyslarningi ichki statistik ma’lumotlari va kalit so’zlarni tanlash xizmatlaridan foydalanish orqali baholash mumkin, chunki tez-tez qidirilayotgan so’rovlar yuqori talab ko’rsatkichi bo’lishi mumkin.

Marketpleyslardagi talab. Baholash uchun MPStats, SellerFox kabi tahlil xizmatlaridan foydalanish mumkin. Ular kategoriya bo’yicha o’rtacha chek va aylanma, kunlik buyurtmalar soni va boshqa muhim ko’rsatkichlar haqida ma’lumot beradi.

Savdo statistikasi. Xaridlar chastotasi va sotib olish foizi muhim ko’rsatkichlardir. Masalan, agar kiyim-kechak va oyoq kiyimlarining sotib olish foizi past bo’lsa, bu omil logistika xarajatlarini hisoblashda hisobga olinishi kerak.

Mahsulotni shaxsiy did asosida emas, raqamlar asosida tanlash kerak. Yuqori sotuv salohiyati va marjinallikka ega tovarlarni topish uchun, biz tahlil xizmatidan foydalanamiz. Istalgan birini tanlashimiz mumkin, u yerda ishlashni xohlagan toifani tanlaymiz va tavsiflarini sozlaymiz. Masalan, sizning maqsadingiz — oyiga 100 mln so‘m aylanma deylik. Bu holda men oyiga kamida 10 mln oborotli kartochkalarga tayanaman. Shunday qilib, men bozorga har biri oyiga 10 million so‘mdan olib keladigan 10 ta mahsulotni chiqarishim kerak. Buning uchun taxminan 200-250 ta tovarni tahlil qilib, ulardan ishga tushirish uchun 25-30 ta tovarni tanlab olish kerak, ana shu tovarlardan esa bizga oyiga 10 milliondan olib keladigan tovarlarni tanlab olish kerak.

Roman Kim

Eng potensiali yuqori tovarlar

Hozirda top-5 eng trend toifaga elektronika, maishiy texnika, go‘zallik buyumlari, kiyim-kechak va uy-ro‘zg‘or buyumlari kiradi. Sport va salomatlik uchun tovarlar toifasi, masalan, turli trenajyorlar ham ommalashmoqda.

Nimalarni sotish mumkin emas

Uzum Market platformasida, har qanday boshqa yirik marketpleyslar kabi, sotilishi taqiqlangan mahsulotlar ro’yxati mavjud. Masalan:

  • alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari;
  • odobsiz yoki axloqsiz toifadagi mahsulotlar;
  • kontrafakt va qonunga zid tarzda olib kirilgan mahsulotlar;
  • pirotexnika va dori vositalari.

Taqiqlangan mahsulotlarning to‘liq ro‘yxatini maydonchaning sayti orqali ko‘rishingiz mumkin.

Uzum Market bilan hamkorlik shartlari

Uzum Marketga sotuvchi sifatida O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan tashkilotlar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘z-o‘zini band qilgan shaxslar qo‘shilishlari mumkin. Internet-savdo uchun OKED “Oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarini chakana savdosi” kodi mos keladi (agar internet-savdo asosiy daromad manbai bo’lsa, asosiy OKED sifatida ko’rsatiladi).

Uzum Market fulfillment shakllari

Uzum Marketda uchta fulfillment shakli mavjud: FBO, FBS va DBS.

FBO (Fulfilment by Operator) — bu an’anaviy tizim bo’lib, bunda sotuvchilar o‘z mahsulotlarini yagona fulfillment markaziga topshiradilar. Barcha mahsulotlar Toshkent va boshqa shaharlardagi omborlarda qabul qilinadi. Fulfillment markazidan buyurtmalar sotib olingan kundan keyin ertasi kuni yetkazib berish nuqtalariga yetkaziladi. Marketpleys prinsipi — xaridorlarga bir kun ichida yetkazib berishdir.

FBS (Fulfilment by Seller). Ushbu tizimda sotuvchi mahsulotlarni o‘z omborida saqlaydi, buyurtmalarni yig‘adi va buyurtmani olgandan keyin 48 soat ichida Uzum Market omboriga topshiradi. Ushbu model noyob, katta hajmli va mavsumiy mahsulotlar uchun mos keladi, past aylanmali mahsulotlar uchun saqlash to’lovlarini kamaytiradi. FBS modeli “Oziq-ovqat mahsulotlari” (istinsolar: “Sport oziq-ovqati”) kategoriyasidan tashqari barcha sotuvchilar uchun mos keladi.

DBS (Delivered by seller) — 2025-yil may oyida ishga tushirilgan yangi model. Bunda sotuvchi buyurtmani bajarishning barcha bosqichlari uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi: tovarni saqlashdan tortib, qadoqlash va mijozga yakuniy yetkazib berishgacha. Marketpleys faqat onlayn vitrina va marketing vositalarini taqdim etadi, sotuvchi esa o‘zi mustaqil ravishda yoki uchinchi shaxslarni jalb etgan holda tovarni xaridorga yetkazib beradi.

Mahsulot hajmiga qo‘yilgan cheklovlar

Logistika va yetkazib berish jarayonlarini optimallashtirish maqsadida omborda saqlanadigan mahsulotlar uchun o‘lcham cheklovlari joriy etilgan.

Kichik va o‘rta hajmdagi mahsulotlar uchun:

  • Qadoqning balandligi 50 smdan oshmasligi kerak.
  • Maksimal uzunlik va kenglik palet o‘lchamlariga mos kelishi lozim: 120 sm x 80 sm.
  • Maksimal vazn 50 kgdan oshmasligi kerak.

Katta hajmdagi mahsulotlar balandligi 50 smdan yuqori bo‘lishi mumkin. Maksimal ruxsat etilgan balandlik 200 smga teng. Mahsulotlarni qadoqlangan holda, yig‘ilmagan qutida qabul qilinadi.

Shuningdek, 1 kubometr hajmda joylashgan mahsulotlarning umumiy narxi kamida 5 000 000 so‘mni tashkil qilishi kerak. Masalan, standart 40×30×20 sm qutining hajmi 0.4×0.3×0.2=0.024 kubometr bo‘lsa, bir kubometrga taxminan 40 ta quti joylashadi. Shu sababli, 1 qutida joylashgan mahsulotlarning qiymati kamida 5 000 000/40=125 000 so‘mni tashkil qilishi kerak.

Marketpleys komissiyasi

Uzum Market faqat sotilgan mahsulotlardan tushgan daromaddan komissiya va logistika to‘lovini ushlab qoladi. Ushbu yig‘imlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • buyurtmalarni yig’ish va jo’natishga tayyorlash;
  • ekvayring va kassa xizmatlari xarajatlari;
  • xaridor yashovchi shahargacha yetkazib berish;
  • xaridor mahsulotdan bosh tortganda, buyurtmalarni omborga va sotuvga qaytarish.

Komissiya miqdori mahsulot kategoriyasiga bog’liq va avtomatik ravishda hisoblanadi. Eng past stavka — 3% (5 000 000 so‘mdan yuqori mahsulotlarga qo‘llanadi), eng yuqori stavka — 25% (50 000 so‘mdan yuqori mahsulotlar uchun). Logistika to‘lovlari mahsulot hajmi va narxiga bog‘liq.

Masalan, sotuvchi futbolkasini 59 ming so‘mga sotadi. Bunda komissiya 25 foiz, ya’ni 14740 so‘m, logistika yig‘imi 4 ming so‘mni tashkil etadi. Narxi 10 mln so‘m bo‘lgan Xbox pristavkasini sotishda esa komissiya 3%, 300 ming, logistika yig‘imi esa 8 mingni tashkil etadi.

Omborda saqlash uchun to‘lov

Ba’zi toifadagi tovarlar uchun omborda saqlash uchun to‘lash kerak bo‘ladi. Bu 60 kun ichida birorta ham sotuv bo‘lmagan tovarlarga va aylanish tezligi 60 kundan ortiq bo‘lgan tovarlarga tegishlidir.

To‘lov miqdori mahsulot hajmiga bog‘liq bo‘lib, bir dona uchun kuniga 30 so‘mdan 300 so‘mgacha bo’lishi mumkin.

Uzum Marketda ro‘yxatdan o‘tish va sotuvni boshlash: bosqichma-bosqich yo‘riqnoma

Birinchi o’rinda, platformada seller sifatida ro‘yxatdan o‘ting. Keyingi qadamlarni batafsil ko’rib chiqamiz.

1-qadam: Uzum Marketda ro‘yxatdan o‘tish

Uzum Marketda sotuvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun havolaga kirishingiz mumkin. U yerda yuridik shaklni tanlash kerak — YTT, MCHJ yoki boshqa yuridik shaxs turini. Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, “Shaxsiy ma’lumotlar” bo‘limidagi barcha maydonlarni to‘ldirib, kerakli hujjatlarni yuklang.

YTT va o‘z-o‘zini band qilgan shaxslar uchun:

  • ro‘yxatdan o‘tish guvohnomasi,
  • pasport.

MCHJ (va boshqa yuridik shaxslar) uchun:

  • yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi xabarnoma yoki guvohnoma,
  • direktorni tayinlash to‘g‘risidagi buyruq yoki qaror,
  • pasport.

Shundan so‘ng, elektron soliq xizmatlari saytida shaxsiy kabinetga kirib, Uzumni komissionerlar ro‘yxatiga qo‘shish kerak. Keyin esa yangi hamkorlarni kuzatish bo‘yicha menejerga elektron pochta manzili va hisob qaydi ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik shaxs nomini yozib yuboring. Marketpleys to‘rt kun ichida ma’lumotlarni tekshirib, akkauntingizni faollashtiradi.

2-qadam: Do‘kon yaratish

“Shaxsiy ma’lumotlar” sahifasida ma’lumotlar to‘ldirilgach, “Do‘konlar” bo‘limi ochiladi. Unda ikkita vkladka mavjud: “Dizayn” u yerda avatar va muqova qo‘shiladi va “Asosiy sozlamalar,” bu yerda manzil va brendingiz tavsifini ko‘rsatish kerak.

Sotuvchilarga bitta do‘konda turli toifadagi ko‘plab tovarlarni sotmaslik tavsiya etiladi. Masalan, bitta do‘konda ko‘ylak va maishiy kimyoviy moddalarni sotmagan ma’qul. Bunday yondashuv brendni shakllantirishga va raqobatchilardan uzoqlashishga to‘sqinlik qiladi.

3-qadam: Elektron hujjat aylanishini sozlash

EDOdan foydalanish hujjat aylanish jarayonini osonlashtiradi va tezlashtiradi. Siz himoyalangan hujjatlarni elektron shaklda yuborishingiz va qabul qilishingiz mumkin, ular sizning elektron imzoingiz bilan imzolanadi va asl nusxa hisoblanadi.

4-qadam: Tovar kartochkalarini yaratish

Kartochkada tovar nomi ikki tilda: o‘zbek (lotin yozuvi) va rus (kirill yozuvi) tillarida to‘ldirilishi kerak. Nomlar moderatsiyalanadi, ular quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • Mahsulot turini ko’rsatishi kerak, masalan: paypoq, qaychi, krujka, smartfon,
  • tovarga muvofiq bo‘lishi kerak, masalan, noski kartochkasida zakolkalar sotilmasligi kerak,
  • bosh harf bilan boshlanishi kerak,
  • qisqartirilmalarsiz bo’lishi kerak.

Tovar nomi quyidagi sxema bo‘yicha tuzilishi kerak: Tovar turi + brend + model + asosiy tavsif. Masalan, “Cleanbot Ultraspray oyna yuvish roboti purkagichli.”

Kartochkada, shuningdek, tovarning brendi, toifasi, QQS stavkasi, xususiyatlari va tavsiflari ko‘rsatilishi kerak va SKU — bu tovarning noyob identifikatori bo‘lib, u assortiment qatorining (artikulining) har bir pozitsiyasiga beriladi. Har bir SKU uchun avtomatik ravishda unikal tizim shtrix-kodi belgilanadi, uni chop etish va tovarga yopishtirish kerak.

Tovar kartochkasiga tovar tavsifi va fotosuratini ham qo‘shish kerak.

Uzum Market sellerlari yo’riqnomasidan

Marketpleys omboriga birinchi marta kirib kelayotgan barcha yangi mahsulotlar pullik suratga olinadi. Narxlar turlicha: 6 ming so‘mdan 25 ming so‘mgacha. Agar sotuvchida saytning vizual uslubiga mos keladigan mahsulotlarning rasmlari bo‘lsa, u fotostudiya xizmatlaridan bosh tortishi mumkin. Tasvirlarni tekshirish uchun tovar jo‘natilishidan 72 soat oldin yuborish kerak. Suratlarga qo‘yiladigan talablarni bu yerda ko‘rishingiz mumkin.

5-qadam: Tovarlarni tayyorlash va omborga jo‘natish

Tovar kartochkasi yaratilgandan so‘ng, yukxatlarni yaratishga va tovarni omborga jo‘natishga darhol kirishish mumkin.

Har bir tovar individual ishonchli qadoqda bo‘lishi kerak. Agar to‘plam shaklida sotilsa, barcha tarkibiy qismlarni birgalikda qadoqlash, ustiga esa yagona shtrix-kod va “To‘plamda sotiladi” stikerini yopishtirish kerak.

Agar tovarlarda EAN-13 formatidagi zavod shtrix-kodlari bo‘lsa, marketpleysning shaxsiy kabinetida tegishli kartochkani yaratish bosqichida belgilab qo‘yish va maxsus maydonga shtrix-kodni kiritish kerak — shunda qo‘shimcha shtrix-kodlarni yopishtirish kerak bo‘lmaydi.

Mahsulotlarni tezda sotuvga tayyorlash uchun Uzum Market tovar tayyorlash markazi xizmatlaridan foydalanish mumkin. Markaz xodimlari tovarning sifatini tekshiradi, qadoqlaydi, SKU bo‘yicha saralaydi, shtrix-kodlarni yopishtiradi, yukxatlarni shakllantiradi va tovarlarni omborga topshiradi. Bu xizmatlar uchun pul to‘lash kerak, lekin buning evaziga xatolar xavfi minimallashadi, sotuvchi ortiqcha bosh og‘rig‘idan halos bo’ladi.

МойСклад xizmati sizga Uzum Marketda tez va xatosiz savdo qilishingizga yordam beradi. U orqali siz doimo qancha mahsulot qolganligini, qaysi mahsulot ko‘proq foyda keltirayotganini va birinchi navbatda nimani xarid qilish kerakligini bilib turasiz. Marketpleysning shaxsiy kabinetida ko‘p ma’lumotlar mavjud emasligi sababli, hisobga olish tizimi zarur. Natijada vaqtingiz tejaladi va savdo-sotiq xatosiz amalga oshadi. Hoziroq sinab ko‘ring — bu mutlaqo bepul.

МойСкладni qo’llab-ko’rish

6-qadam: Mahsulotlarni ilgari surish

Uzum Marketda mahsulotlarni ilgari surish uchun kerakli barcha vositalar shaxsiy kabinetning “Marketing” bo‘limida to‘plangan.

1. Masalan, siz mahsulotlarga maxsus aksiyalar o‘tkazishingiz — cheklangan muddatli chegirma taklif qilishingiz mumkin. Xaridorlar o‘chirib qo‘yilgan eski narxni, yangi narxni va teskari hisoblovchi taymerni ko‘rishadi. “Taymer” yangi mahsulotni ommalashtirish yoki qoldiq va nolikvid tovarlarni sotish uchun juda qulay.

Kartochkada eski narx, yangi narx va xaridorlarni tezroq qaror qabul qilishga undaydigan taymer ko‘rsatiladi. Bunday mahsulotlar “Sotib olishga ulguring” to‘plamiga ham kiradi, bu esa qamrovni kengaytiradi.

2. Shuningdek, o‘z do‘koningiz uchun 50% gacha chegirma bilan promokodlar yaratishingiz va ulardan, masalan, blogerlar orqali targ‘ib qilish uchun foydalanishingiz mumkin. Yoki sotuvchilar uchun qidiruv natijalarida tovarlarni ilgari surish bo‘yicha o‘ziga xos kimoshdi savdosida qatnashish imkoniyati bor: stavka qancha yuqori bo‘lsa, tovar shuncha yuqori o‘rinda turadi. Shaxsiy kabinetda har bir promokodning samaradorligini kuzatish mumkin — undan necha marta foydalanilgani va daromad bo‘yicha qanday natija bergani.

3. Uzum Marketda sotuvchi xaridorlar bilan chatda muloqot qiladi. Mijozlar mahsulot haqida savollar berishlari, xususiyatlarini aniqlashtirishi yoki yetkazib berish sanasini so‘rashlari mumkin. Bu vositadan o‘rtacha chekni oshirish uchun foydalanish mumkin — shunchaki xaridorga qo‘shimcha biror narsa sotib olishni tavsiya eting.

4. Aksiyalar taqvimi — bu ichki marketpleys kampaniyalari bo‘lib, ularga quyidagi shartlar bajarilganda qo‘shilishingiz mumkin: minimal chegirma, toifaga muvofiqlik va narx oralig‘i. Bunday aksiyalarda ishtirok etish qo‘shimcha trafik, ba’zi hollarda esa pasaytirilgan komissiya olish imkonini beradi. Barcha takliflar alohida bo‘limlarda jamlanadi: faol, mos keluvchi, yakunlangan.

5. TOPga boost qilish — katalogda mahsulotlarni pullik targ‘ib qilish va CPM modeli bo‘yicha qidiruv natijalarida ko‘rsatish (1000 ko‘rish uchun to‘lov). SKUni tanlaysiz, stavkalar va joylashuv joylarini sozlaysiz, haftalik byudjetni belgilaysiz va namoyish tezligini (bir tekis yoki tez) boshqarasiz.

Mahsulotlar “Reklama” deb belgilanadi va barcha qurilmalarda xaridorlarga ko‘rinadi. Tizim soxta ko‘rishlardan himoya qiladi va firibgarlik namoyishlari uchun pulni qaytaradi. Har bir kampaniya uchun batafsil statistika, jumladan, daromad, xarajatlar, konversiya, namoyish narxi va sotuvlar ma’lumotlari mavjud.

6. Pullik targ‘ibot vositalaridan tashqari, Uzum Market organik ko‘rinishga ta’sir ko‘rsatish imkonini beradi. Kartochka qanchalik yaxshi to’ldirilgan bo‘lsa — sarlavha, tavsif, filtrlar, suratlar, reyting, sharhlar — u qidiruv natijalarida shunchalik yuqori o‘rinda chiqadi.

Raqobatbardosh bo‘lish uchun narxlarni kuzatib borish, chegirmalar va aksiyalar orqali buyurtmalarni rag‘batlantirish muhim. Tizim mahsulotlarni matni dolzarbligi, xaridorlarning xatti-harakati va reytingi bo‘yicha saralaydi — bularning barchasi mahsulotning qidiruvdagi yakuniy o‘rnini shakllantiradi.

Kartochkalaringizni takomillashtiring, mijozlar uchun imkon qadar foydali qiling va shunda sizda sotuvlar ko‘payadi.

Yangi sotuvchilar ko‘p uchraydigan xatolari

Noto‘g‘ri narx belgilash. Ko‘pchilik yangi sellerlar tovarning bozordagi qiymati, raqobat va o‘z xarajatlarini hisobga olmay, tovarlariga juda past yoki juda yuqori narx belgilaydilar. Bu daromadning yoki sotuvning kamayishiga olib kelishi mumkin.

“Agar yangi o‘yinchi juda yuqori narx belgilasa, mahsulotlarini sota olmaydi, chunki pastroq narx belgilagan va shunga mos ravishda oborotlari kattaroq raqobatchilari bo‘ladi. Agar narxni juda past belgilasa, minusga kirib ketadi. Masalan, ko‘pchilik sotuvchilar tovarni 10 ming so‘mdan sotib oladi, 20 mingga sotadi va 100% ustamani juda yaxshi deb hisoblaydi. Hisob-kitob qilinganda esa, aslida sotuvchi barcha haqiqiy xarajatlarni hisobga olmagani uchun minusga savdo qilayotgan bo’ladi. Shuning uchun har doim yunit-iqtisodiyotini hisobga olish kerak.”

Roman Kim

Yunit-iqtisodiyot — bu tovar allaqachon sotilgandek vaziyatni modellashtirish va ushbu model asosida sotish natijasida qancha sof daromad olishingiz mumkinligini hisoblashdir.

Darhol katta partiyani sotib olish. Albatta, tovarni katta hajmda sotib olish manfaatliroq. Ammo mutaxassislar real talabni tahlil qilish va qoldiqni o‘zingizga zarar bilan sotishingiz kerakligini hisobga olishni tavsiya qiladilar.

Ishga tushirilgandan keyingi faollikning yo‘qligi. Marketpleysdagi birinchi sotuv oyi kartochkaning hayot siklidagi eng muhim oy hisoblanadi. Agar u bilan boshidanoq ish olib borilmasa, demak, sotuvda kerakli pozitsiyalarni qo‘lga kirita olmaslik xavfi bor, demakki sotuvlar ham past bo’ladi.

Raqobatchilar tahlilini e’tiborsiz qoldirish. Raqobatchilar harakatlarining tahliliga e’tiborsizlik bozor tendensiyalarini tushunmaslikka, maqbul narxlarni belgilay olmaslikka olib keladi va noyob taklif bilan ajralib turish imkoniga ta’sir ko’rsatadi.

Kontent sifatiga e’tiborsizlik. To‘liq bo’lmagan yoki noto‘g‘ri tavsiflar xaridorlarning ishonchini susaytirishii va sotuvlarni kamaytirishi mumkin. Sifatli kontent tovarning jozibadorligi va raqobatbardoshligini oshiradi.

Uzum Marketda tez va xatosiz qanday sotish mumkin: savdoni avtomatlashtirish

Buyurtmalarni, ombordagi tovar qoldiqlarini qo‘lda hisobga olish va foyda hisoblashda xatolar bo‘lishi muqarrar. Buning ustiga, bu ko‘p vaqt talab qiladi.

Maxsus dastur yordamida savdoni avtomatlashtirish yordam beradi. Masalan, МойСклад.

Birinchidan, siz doimo qancha mahsulotingiz qolganini va qancha sotib olishingiz kerakligini aniq bilasiz. Buni Xaridlarni boshqarish hisobotida ko‘rish mumkin:

Ikkinchidan, xaridorlarning barcha buyurtmalari ko‘z oldingizda bo‘ladi. Eng muhimi, ular МойСклад xizmatiga barcha manbalardan kelib tushadi. Masalan, siz Uzum Marketdan tashqari oddiy do‘konda, Telegram orqali, boshqa platformalarda ham savdo qilasiz.

Xaridorlar buyurtmalari hisobotida — barchasi bir joyda, bu esa qulay. Bundan tashqari, har bir buyurtmaning o‘z holati bor (to‘langan, yig‘ilgan, yetkazib berilgan). Shunda hech narsani o‘tkazib yubormaysiz.

Uchinchidan, siz haqiqiy foydani — komissiya va boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda qancha ishlab topganingizni ko‘rasiz. Qaysi tovarlar yaxshi sotilayotgani, qaysilari esa yo‘qligini ham. Buni Rentabellik hisobotidagi raqamlar va grafikda ko‘rish mumkin.

Shunday qilib, siz istalgan vaqtda biznesingizda nima bo‘layotganini bilasiz.

Xizmatning doimiy mijozi ko’p yillik tadbirkor va Uzum Market top-seller Tog’ayev shunday fikr bildirdi:

Sanjar МойСклад xizmati yordamida avtomatlashtirish tufayli:

  • Buyurtmani qayta ishlash vaqti 10 daqiqadan 2 daqiqagacha qisqardi va kunlik buyurtmalar soni 50 tadan 100 tagacha ko‘paydi — bularning barchasi xodimlar sonini oshirmasdan amalga oshirildi;
  • Xatolar va qaytarishlar 5% dan 1% gacha kamaydi, xodimlar xarajatlari 20% ga qisqardi va biznes daromadi 25% ga oshdi.
  • Mijozlar tajribasi ham o‘zgardi — so‘rovlarga javob berish vaqti 3 soatdan 10 daqiqagacha qisqardi va sodiq mijozlar ulushi 10% dan 30% gacha ko‘paydi.

МойСкладni 14 kun davomida bepul sinab ko‘ring. Ro‘yxatdan o‘tganingizdan so‘ng, menejerlarimiz hammasini batafsil tushuntirib berishadi, asosiy hisobotlarni ko‘rsatishadi va biznesingizga moslashtirishda yordam berishadi.

МойСкладni bepul sinab ko‘ring

Savollar va javoblar

Sellerlar 5-10 ming dollar kapitalga ega bo‘lishni tavsiya qiladilar. Sotuvchilar soni ortishi bilan marketpleysga kirish uchun minimal summa miqdori oshib boradi.

Mahsulotni qaytarish uchun sotuvchi shaxsiy kabinetida qaytarish yukxatini yaratishi kerak. So’ng yukxati raqamini Uzum Marketni qo‘llab-quvvatlashga yuborish kerak. Uch kundan keyin tayyor tovar omborda kutib turadi.

  • tajribali sotuvchilarning keyslarini o‘rganish kerak, masalan, YouTubeda,
  • sotuvchilar bilan jonli muloqot qilish mumkin bo‘lgan tadbirlarda ishtirok etish mumkin,
  • marketpleysga qanday tovar bilan kirishni aniqlashdan oldin albatta nishani tahlil qilish kerak. “Kir yuvish kukuni hammaga kerak, uni hamma sotib oladi, sotaman” deb o‘ylash xato.

Uzum Marketda qoldiqlarni kuzatib borish, buyurtmalarni o‘z vaqtida qayta ishlash va foydani nazorat qilish muhim. Buning uchun МойСклад xizmati ayni muddaodir — qoldiqlar va narxlarni avtomatik ravishda yangilang, yorliqlarni chop eting, barcha xarajatlarni hisobga olgan holda haqiqiy foydani ko‘ring, qachon va qanday tovar sotib olishni aniq bilish uchun zaxiralarni oldindan rejalashtiring.

МойСклад qo’llab ko’rish
Shuningdek, quyidagilarni o‘qing:
Читать оригинал на сайте